Hacıveyiszade masjidi () – Turkiyaning Anadolu mintaqasidagi Konya shahri markazida joylashgan masjid. Konya shahridagi mashhur diniy olimlaridan biri boʻlgan Hacıveyiszade Mustafo Kurucu Hoja afandi xotirasiga barpo etilgan.
Masjid qurilishi 1986-yilda Turkiya diniy jamgʻarmasi (Turkiya Diyanet Vakfi) tomonidan boshlangan. Usmoniylar meʼmorchiligining klassik uslubiga oʻxshash qilib qurilgan. Masjidda har birida uchtadan balkonga ega ikkita minora mavjud, balandligi 78 metr boʻlib, mintaqadagi eng baland minoralar hisoblanadi. Masjid ostida doʻkonlar, dam olish xonalari va muftiylar uchun ajratilgan xona mavjud. Shu sababli bu joy majmua (külliye) hisoblanadi. Masjid 4500 kishiga, majmua esa 10000 kishiga moʻljallangan .
Hacıveyiszade masjidi va majmuasi 1996-yilda qurib bitkazilgan hamda foydalanishga topshirilgan .
Manbalar
Havolalar Hacıveyiszade Mosque live camera , Konya Metropolitan munitsipaliteti Konya Hacıveyiszade masjididan koʻrinishi
Turkum:Konyadagi Usmoniylar masjidi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar