Iftixor al-Hasan ibn Rauf al-Hasan Kandhlaviy (1922-yil 10-yanvar – 2009-yil 2-iyun) hindistonlik islom olimi va din targʻibotchisi (vaʼzxon). U 1946-yilda Kandhla shahridagi Idgoh masjidiga poydevor qurdirgan. Olim hayoti davomida qirqdan ziyod kitob yozib qoldirgan bolib, ilmiy merosi alohida eʼtirofga sazovordir.
Adabiy asarlari Kandhlaviyning yozib qoldirgan kitoblari quydagilarni oʻz ichiga oladi:
Aakhirat ki Yaad Aamal va Ramazan Aashor va Muharramul Haram Akser Zikrillah Dua Ki Ahmiat Qurʼon va Qurʼon Haq Taala ke Do Makhsos Inam Ilm Kaise Hasil Kiya Jata Hai Islom meni Amanatdari Islom aʼr Musalmano ke Gair ke Sath Isteghfar ki Haqiqat Namaz ki Ahmiyat Tafsir-e-Muawwazatin Tauon Azab-e-Elahi Ulama-e-Islom ka Muttfiqa Faisla
Vafoti Kandhlaviy 2019-yil 2-iyun kuni, Ramazon oyining 27-kuni (hijriy 1440-yil), Kandhlada 97 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Shahardagi barcha bozorlar islom daʼvatchisining oʻlimiga motam tutilgani uchun yopiq holatda edi. Yetkazilgan xabarlarga koʻra, dafn marosimiga Shamli va unga tutash boʻlgan tumanlardan millionlab odamlar kelib qoʻshildilar. Musulmonlar shuningdek, boshqa dinlarga eʼtiqod qiladigan kishilar ham bu marosimni chetlab oʻtmadilar. Mahalliy politsiya boshligʻi, hattoki siyosatchilar ham oʻz navbatida, dafn marosimiga qatnashdilar. Mahalliy maʼmuriyat tomonidan tirbandlikni va yigʻinlardagi katta olomonni boshqarish uchun maxsus tadbirlar amalga oshirildi.
Manbalar