Könül Xasıyeva (17-mart 1968-yil, Shaki) — Ozarbayjon mugʻom ijrochisi, xonanda, Ozarbayjon xalq artisti. Hayoti Könül Xasıyeva 1968-yilning 17-martida Shaki shahrida tugʻilgan. 1975-yilda boshlangʻich maktabga qabul qilingan. 1981-yilda Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasining oʻsha vaqtdagi rahbari Haydar Aliyev tashabbusi bilan tashkillashtirilgan „Gənclərin ümumrespublika baxış“ („Yoshlar umumrespublika koʻrigi“) musobaqasi gʻolibi boʻldi. 1981—1991-yillarda Ozarbayjon davlat konservatoriyasida Arif Babayevdan tahsil olgan. Faoliyati Könül Xasıyeva turli madaniy hamda davlat tadbirlari bilan Turkiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Italiya, Eron, Rossiya kabi davlatlarda, shuningdek Ozarbayjonning turli hududlarida chiqishlar qilgan hamda konsertlar bergan. Mukofotlari „Azərbaycan Bayrağı“ oliy diplomi; „Ustad Sənətkar“ media mukofoti; „Qızıl Qələm“ media mukofoti; „Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni;Azərbaycan Respublikası prezidentinin 24.12.2002-ci il tarixli, 826 nömrəli fərmanı Ozarbayjon xalq artisti unvoni – 2014; Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining shaxsiy stipendiyasi stipendiati.

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon xalq artistlari