Massalikul Jinaan masjidi () – Senegalning Dakar shahridagi masjid.
Tarixi 2000-yillarning boshida masjid hozir joylashgan yerni Prezident Abdoulaye Wade hadya qilgan. Shundan soʻng, qurilish ishlari Consortium des Entreprises du Sénégal tomonidan taxminan 15 yil davomida amalga oshirilgan va nihoyat, masjid 2019-yil 27-sentyabrda ochilgan.
Tuzilishi Masjid 10 000 m 2 lik maydonda joylashgan boʻlib, u Gʻarbiy Afrikadagi eng katta masjid hisoblanadi. Masjidning balandligi 80 metr boʻlgan beshta minorasi, 4 ta yogʻoch gumbazi mavjud. Masjid 10 000 tagacha namozxonni va hovlisida qoʻshimcha 20 000 namozxonni sigʻdira oladi. Qurilishning umumiy qiymati 20 milliard dollarni tashkil etgan.
Yana qarang
Senegalda islom Manbalar