Alovuddin masjidi (Turkish: Alâeddin Camii) – Turkiyaning Konya shahri markazidagi Alouddin tepasida joylashgan asosiy yodgorlik. Masjid hovlisida bir nechta sultonlarning maqbaralari joylashgan. XII asr oʻrtalaridan XIII asr oʻrtalarigacha bosqichma-bosqich qurilgan. Konya shahrida saqlanib qolgan eng yirik Saljuqiy masjidlaridan biri.

Masjid ham, u joylashgan tepalik ham Saljuqiylar sultoni Alouddin Qayqubod (Alaaddin Tepesi va Alaaddin Camii) nomi bilan atalgan.

Tarixi

Alouddin tepaligi Alouddin tepaligi antik davrda Kavania va Kaoania tepaligi deb atalgan. Keyinchalik Aflotun masjidiga aylantirilgan Vizantiyaning Ayios Amphilochios cherkovi 1920-yillardan oldin Alouddin masjidi bilan bir joyda joylashgan ediScott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:54. Alouddin masjidi qadimgi nasroniylar bazilikasi oʻrnida qurilgan bino boʻlishi mumkin, bu taxmin XX asrda olib borilgan qazishma ishlari va masjid ichida qayta ishlatilgan qadimiy materiallar orqali tasdiqlanganScott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:57. Majmua bir paytlar shaharning qadimiy akropoli joylashgan sunʼiy shahar tepaligi yaqinida joylashgan.

Masjid thumb|Masjidning tashqi qismida uchraydigan koʻk koshin bezaklari va ablaq uslubi uning ichki qismida hamda mehrobda ham namoyon boʻladi. Saljuqiylar sultoni Masud I 1155-yilda masjidning qurilish ishlarini boshlaganKonya, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture, Vol.2, (Oxford University Press, 2009), 391.. Biroq baʼzi dalillar qurilish 1120-yillarga toʻgʻri kelishini koʻrsatadiScott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:57. 1155-yilga oid yozuvlarda masjid minbari haqida soʻz ketgan boʻlib, uning Onadoʻlidagi saljuqiylar sanʼatining ilk namunasi ekanligi aytilganScott Redford, The Alâeddin Mosque in Konya Reconsidered, Artibus Asiae, Vol. 51, No. 1/2, 1991:55. Mehrobning rang-barang sopol ramkasi va ustki qismidagi gumbaz ham shu davrga tegishli boʻlishi mumkinArchitecture, The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture, Vol.2, (Oxford University Press, 2009), 117..

Galereya

Yana qarang Karatay madrasasi, Konya

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Konyadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari