Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom as-Sijistoniy zohid, doʻzax haqida vaʼz beruvchi, hadis roviysi hamda Karromiya mazhabining asoschisi boʻlgan soʻzma-soʻz tushinishga moyil ilohiyotchi olimi boʻlgan. Uning qarashlari aksariyat ahli sunna ulamolari tomonidan bid’atchilik, firqachilik va nafratga loyiq deb baholangan. Ibn Karrom antropomorfizm (insonsifatlik) aqidasini ilgari surganlikdqa ayblangan, yaʼni uning asosiy diniy taʼlimoti boʻyicha Xudo moddiy jism (javhar) boʻlib, uning tanasi (jism) bor degan gʻoyani ilgari surgan. Shu sababli, uning izdoshlarini „Mujassima“ (jismlovchlar) va „Mushabbiha“ (Xudoni inson qiyofasiga solishtiruvchilar) deb atashgan.

Baʼzi manbalarga koʻra, Ibn Karrom arab naslidan boʻlgan va Bani Nizar yoki Bani Turab (Turab xalqi yoki oʻgʻllari)qabilasiga mansub boʻlgan. Baʼzilarning fikricha, Banu Nodir arab qabilasidan kelib chiqqan. Ibn Taymiyya (vafoti:728/1328) undan ilhomlanganligi aytiladi.

Ismi Uning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom ibn 'Arrof (yoki Iroq) ibn Xuraya (yoki Xizona yoki Xizaba) ibn al-Baroʻ as-Sijistoniy an-Nishopuriy edi.

Hayoti Ibn Karrom taxminan 190/806-yillarda Sijistonning Zaranj shahrida tugʻilgan. Xurosonga koʻchib oʻtib,Hirotda Ahmad ibn Harb, Ibrohim ibn Yusuf, Ali ibn Hujr va Abdulloh ibn Molik bilan birga tahsil olgan. Keyin u Makka shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda besh yil qolgan. Soʻngra oʻz vatani Sijistonga qaytib, Nishopurga borib, Ahmad ibn Harb huzurida mahalliy hokim Muhammad ibn Tohir ibn Abdulloh (230-248/844-862) tomonidan quvgʻin qilingan. Uning taʼlimotlari jamiyatda nizolar va notinchliklarni keltirib chiqargan. Keyin u Levantga borib, ommaga vaʼz qilish uchun Nishopurga qaytib keldi. Uning vaʼzlari katta olomonni oʻziga jalb qilgan. Ibn Karrom oʻz nutqlarida sunniy va shia aqidalariga tanqidiy yondashgan. Shu sababli Tohiriylar hokimi Muhammad ibn Tohir ibn Abdulloh uni sakkiz yilga qamab qoʻygan. 251/86-yilda ozod boʻlgach, Quddusga koʻchib oʻtgan.

Ibn Kasir "Al-Bidoya va an-Nihoya" („Boshlanishi va oxiri“) asarida va Muhammad ibn Ahmad al-Maqdisiy (taxminan 945-991) "Ahsan at-Taqosim fi maʼrifat al-Aqolim" („Mintaqalar haqidagi eng yaxshi taqsimot“) asarida Ibn Karrom oʻzining bahsli qarashlarini Isoning beshigi ustuni yaqinida vaʼz qilgani tasdiqlagan, u uerda koʻplab odamlar uni uchratish uchun toʻplanishgan . Uning Iymon (eʼtiqod) haqidagi qarashlari tufayli kitoblari yoqib yuborilgan va hokim tomonidan Quddusdan Ramlaga surgun qilingn.

Kitoblar Ibn Karromga quyidagi kitoblar nisbat beriladi:, masalan, Kitab at-Tavhid („Tavhid kitobi“) va Kitab 'Azab al-Qabr („Qabir azobi kitobi“), ammo ularning hech biri bugungi kunda saqlanib qolmagan. Biroq uning eʼtiqodi bir qator tabaqot asarlarida (biografik lugʻatlar) va bid’at asarlarida, jumladan Abu al-Hasan al-Ash’ariyning (vafoti:324/936), Abdulqohir Bagʻdodiy (vafoti:429/1037), at-Tabsir fi ad-Din Abu al-Muzaffar al-Isfarayini (vafoti:471/1078), Abu al-Fath al-Shahristoniy (vafoti:548/1153), Faxriddin ar-Roziy (vafoti:606/1210).

Teologik qarashlar Bid’at asarlariga koʻra, Ibn Karrom iymonni (ishonch yoki eʼtiqodni) faqat til bilan tan olish deb hisiblagan, qalb bilan tan olish va amallar bilaqn tasdiqlash zarur emas daeb bilgan murji’alardan biri sanaladi.

U: „Alloh boshqa jismlarga oʻxshamaydigan jismdir“ va „Alloh Arshda mustahkam oʻrnashgan boʻlib, uning yuqori qismida shaxsan mavjuddir“ deya taʼkidlagan. Ibn Karramning izdoshlari Qur’ondagi Allohning moddiy tasvirlarini qabul qilib, ularni insoniy tushunchalar asosida tushuntirishga intilganlar. Ibn Karrom izdoshlari „Alloh oʻz arshidek ulkanmi yoki uning yoki kengligi bilan tengmi“ degan masalada ikkilanib qolganlar 'Abdulqohir Bagʻdodiy oʻzining „al-Farq bayn al-Firaq“ asarida ularning taʼlimotlari haqida batafsi maʼlumot bergan.

U oʻzinig „Azab al-qabr“ („Qabr azobi“) nomli kitobida Allohni yuqorida, Arshda joylashgan, Alloh Arshiga tegib turishi, va Arsh Uning joyi ekanligi va U uning ustida oʻtirishi haqida yozgan. Shuningdek, u Allohning mohiyat va substansiya jihatidan yagona ekanligini, goʻsht, qon va aʼzolardan iborat tanaga ega ekanligini, va yoʻnalishga ega boʻlgani uchun bir nuqtadan boshqasig harakat qila olishini taʼkidlagan. Ibn Karrom oxiratda Allohni koʻrish (beatifik koʻrish) gʻoyasini tasdiqlafgan, biroq bu taʼlimotni uning potentsial fazoviy oqibatlaridan himoya qilmagan.

U haqda olimlarning fikri U oʻzini Abu Hanifaning izdoshi deb daʼvo qilsa-da, aqidaviy qarashlari hanafiylar, jumladan, Abu Bakr as-Samarqandiy ( vafoti: 268/881-2), al-Hakim as-Samarqandiy (vafoti: 342/953), Abu al-Yusr al-Bazdaviy (vafoti: 482/1089) Abu al-Mu’in an-Nasafiy. (vafoti: 508/1114), as-Saffor al-Buxoriy (vafoti: 534/1139).

Ibn Karrom bir qator olimlar, jumladan, Ibn Hibbon (vafoti:354/965), az-Zahabiy (vafoti:748/1348), Ibn Kasir (vafoti:774/1373), Ibn Hajar al-Asqaloniy (vafoyi:852/1449), ularning barchasi ibn Karromning hisoboti ishonchsiz ekanligini tasdiqladi, chunki u uydirmachi.

Salahaddin as-Safodiy (vaf. 764/1363) asarida: Al-Vafi bi al-Vafoyat (), uni adashgan va adashgan antropomorfist deb taʼriflagan va u Ibn Karromni Ibn Xuzayma (vaf. 311/923) maqtab, u bilan bir necha marta uchrashganini aytgan.

Ibn Taymiyya (vaf. 728/1328) Sharh al-aqida al-asfahaniyya kitobida oʻz soʻzlari bilan aytganidek, uni himoya qildi:

Vafoti U hijriy 255/869-yilda Safar shahrida Bayt al-Maqdisda (Quddus) vafot etgan va Bob Arihada (Yerixo darvozasi) dafn etilgan.

Yana qarang Muqatil ibn Sulaymon Hishom ibn al-Hakam Eslatmalar

Manbalar

Turkum:869-yilda vafot etganlar Turkum:806-yilda tugʻilganlar