Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov (1978-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat arbobi. 2025-yil 3-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri .
Biografiyasi Aziz Toshpoʻlatov 1978-yilda tugʻilgan.
1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan.
1999—2004-yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv boʻlinmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili.
2004—2010-yillarda Zangiota tumani ichki ishlar boʻlimi hamda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2010—2011-yillarda — Yangiyoʻl shahri ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
2011—2013-yillarda — Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
2013-yyildan 2015-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2015-yildan 2017-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan 2019-yilgacha Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2020-yil martida Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan .
2025-yilning 3-mart kuni Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 9-aprel kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi. 7-oktyabr kuni Bahodir Qurbonov oʻrniga Oʻzbekiston aralash janglar assotsiatsiyasi raisi etib saylandiIchki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.
2025-yil 8-oktyabr kuni Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Aziz Toshpoʻlatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib bir ovozdan saylandi. Konferensiyada assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, hududiy boʻlimlar faoliyatini rivojlantirish, yosh sportchilarni saralash, murabbiy va hakamlar malakasini oshirish hamda xalqaro musobaqalardagi ishtirokni kengaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Unvon va mukofotlari 2021-yil yanvarida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga koʻra general-mayor maxsus unvoni berilgan . Toshpoʻlatov Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi hisoblanadi .
2025-yil avgustida general-leytenant maxsus unvoni berilgan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar