Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (inglizcha: Univesity of exact and social sciences) – Ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar yutuqlari asosida sifatli taʼlim jarayonini tashkil etish orqali kelajak liderlarini tayyorlashni maqsad qilgan oliygoh. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining № 410326 raqamli litsenziyasi asosida oʻz faoliyatini boshlaganAniq va ijtimoiy fanlar universiteti litsenziyasi.
Universitet missiyasi
Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar yutuqlari asosida sifatli taʼlim jarayonini tashkil etish.
Universitet maqsadi
Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini taʼminlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish.
Universitetning asosiy vazifalari
• Xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularni intelektual qobiliyalarini namoyon etishi va manaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;
• Universitet professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohoyatini va talabalar bilim saviyasini oshirish uchun horijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim tashkilotlari bilan akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish;
• Universitetda Buyuk Britaniya, Germaniya va Finlyandiya kabi davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlarni ilgʻor innovatsion dasturlarini joriy etish;
• Professor-oʻqituvchilar tomonidan umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun xorijiy tajribalarni qiyoslagan holda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish, ularni metodik jihatdan takomillashtirish va ularni taʼlim tizimiga joriy qiladigan yuqori salohiyatli pedagog kadrlar tayyorlash;
• Toshkent viloyatidagi ijtimoiy homiyga muhtojlar va iqtidorli yoshlarni universitetda bepul taʼlim olishlari uchun Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
• Oliy taʼlim-ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida Toshkent viloyati ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivonlashtirishga qaratilgan taʼlim xizmatlari, start-up loyihalar, xalqaro loyihalar, ilmiy tadqiqot faoliyati va innovatsion hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.
Universitet boʻlimlari
– Oʻquv-uslubiy boʻlim;
– Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi;
– Buxgalteriya;
– Raqamli va axborot-texnologiya markazi;
– Xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻlimi;
– Xodimlar boʻlimi
Universitet kafedralari
• Aniq fanlar kafedrasi
• Ijtimoiy fanlar kafedrasi
• Filologiya kafedrasi
Bakalavr taʼlim yoʻnalishlari
Amaliy matematika
Dasturiy injiniring
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Bank ishi
Buxgalteriya hisobi
Turizm va mehmondoʻstlik
Xorijiy til va adabiyoti
Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili, ingliz tili, rus tili, xitoy tili)
Psixologiya (Faoliyat va turlar boʻyicha)
Matematika
Sunʼiy intellekt
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Menejment
Logistika
Dizayn
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Maktabgacha taʼlim
Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
Magistratura mutaxassisliklari
Matematika
Sunʼiy intellekt
Biznes boshqaruv (MBA)
Buxgalteriya hisobi
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Psixologiya (faoliyat va turlar boʻyicha)
Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi
Menejment
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Bank ishi
Lingvistika (oʻzbek tili, ingliz tili, rus tili, xitoy tili)
Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
Xalqaro hamkorlik
Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi
thumb|Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi oʻrtasida shartnoma imzolanishi. Toshkent, 2024.
2024-yilning 29-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi vakillari oʻrtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Uchrashuvda Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi rektori – Prof. Dr. Musa Kazım Arıcan, Rektor maxsus kotibi Serdar Çalimli, Türksoy Yozuvchilar uyushmasi Bosh koordinatori – Murat Kahraman ishtirok etishdi. thumb|Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi rasmiylari oʻrtasida uchrashuv. Anqara, 2024. Ushbu tashrif davomida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq kelishuvlar amalga oshirildi:
– Professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
– Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 1+1 taʼlim shakli boʻyicha magistrlar va 2+2 taʼlim shakli boʻyicha bakalavrlar talabalar almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
– Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
– Magistr va PhD talabalarning ilmiy ishlariga birgalikda rahbarlik qilish;
– Ilmiy konferensiyalar tashkil etish.
Turkiya-Oʻzbekiston 3-taʼlim forumi doirasida Anqara shahridagi Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesida ham uchrashuv tashkil etildi.
thumb|Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Trabzon Üniversitesi vakillari uchrashuvi. Trabzon, 2024.
Trabzon Üniversitesi
2024-yil 11-dekabr kuni AIFU va Trabzon Üniversitetiga rasmiylari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Hamkorlik va talaba almashinuv imkoniyatlari tahil qilindi.
Malayziyada davlatida 2025-yilning 4-fevral boshlab „Malayziya – Oʻzbekiston Oliy taʼlim forumi“ oʻtkazildihttps://gov.uz/oz/edu/news/view/35155.
Oʻquv dasturlari
AIFU Language center
• Ingliz tili (Grammar & IELTS)
• Xitoy tili
• Rus tili
• Koreys tili
• Turk tili
• Nemis tili
AIFU Programming
– Foundation kurslari
– Backend dasturlash
– Frontend dasturlash
– UI/UX dizaynerlik
– Grafik dizaynerlik
– Flutter dasturchi
AIFU Pre-University
• Pre-University dasturi abituriyentlar uchun moʻljallangan.
Xalqaro reyting
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Indoneziyaning UI GreenMetric xalqaro universitetlar reytingining 2024-yilgi Top universitetlari qatoriga kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar