Sacagawea (talaffuzi: yoki ;, shuningdek Sakakawea yoki Sacajawea; 1788-yil may – 1812-yil 20-dekabr) – lemhi shoshone hindularidan biri boʻlib, Lewis va Clark ekspeditsiyasiga tarjimon va yoʻlboshchi sifatida yordam bergan. Sacagawea ekspeditsiya bilan Shimoliy Dakotadan Tinch okeanigacha minglab mil yoʻl bosib, tubjoy amerikaliklar bilan madaniy aloqalarni oʻrnatishga yordam berdi.
XX asr boshlarida Milliy Amerika ayollari saylov huquqi assotsiatsiyasi Sacagaweani ayollar qadr-qimmati va mustaqilligi ramzi sifatida qabul qildi, uning xotirasiga bir nechta haykallar va lavhalar oʻrnatdi.
Hayotining ilk davri Sacagawea haqida ishonchli tarixiy maʼlumotlar juda kam. U taxminan 1788-yilda hozirgi Aydaxo shtatining Salmon shahri yaqinidagi Agaidika (Lemhi Shoshone) qabilasida tugʻilgan. Bu hozirgi Aydaho-Montana chegarasidagi hududga toʻgʻri keladi.
1800-yilda, Sacagawea taxminan 12 yoshda boʻlganida, u va boshqa bir nechta bolalar Hidatsa qabilasi tomonidan asirga olingan. Bu hujum natijasida bir nechta Shoshone qabilasi aʼzolari – toʻrt erkak, toʻrt ayol va bir nechta oʻgʻil bola halok boʻlgan. Sacagawea hozirgi Shimoliy Dakota shtatining Washburn shahri yaqinidagi Hidatsa qishlogʻida asirlikda saqlanganAnderson, Irving W. 1999. "Sacagawea | Inside the Corps " (film website). Lewis & Clark. DC: PBS.org..
Lewis va Clark ekspeditsiyasi
1804-yilda Discovery jamoasi Mandan qishlogʻiga yetib bordi. U yerda kapitanlar Meriwether Lewis va William Clark (1804—1805-yillarda) qishlash uchun Fort Mandanni qurdilar. Ular bahor faslida ]]Missuri daryosi]] boʻylab boʻladigan ekspeditsiyaga tarjimonlik qiladigan yoki yoʻl koʻrsatishi mumkin boʻlgan bir nechta qabilalar bilan suhbatlashdilar. Missuri daryosining yuqori oqimida yashovchi qabilalar bilan muloqot qilish zarurligini bilgan holda, ular bir nechta mahalliy tillarni bilishini taʼkidlagan Toussaint Charbonneau va uning shoshon tilida soʻzlashuvchi xotinlaridan birini yollashga qaror qildilar. Oʻsha paytda Sacagawea birinchi farzandiga homilador edi.
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun Powers, Thomas, „Getting Sacagawea Right“ (review of Our Story of Eagle Woman: Sacagawea: They Got It Wrong, by the Sacagawea Project Board of the Mandan, Hidatsa, and Arikara Nation, Paragon Agency, 2021, 342 pp.), The New York Review of Books, vol. LXX, no. 10 (8 June 2023), pp. 39–42.
Havolalar
„Profile: Sacagawea“, National Park Service Museum of Human Beings , a book by Colin Sargent Sacagawea – A Pioneer Interpreter at teck-translations.com Lewis and Clark Expedition Maps and Receipt. Yale Collection of Western Americana, Beinecke Rare Book and Manuscript Library. Turkum:Sacagawea