Saida Mansurxoʻjayeva Saidrasulovna (1979-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek raqqosasi va aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston xalq artisti. Biografiyasi Saida Mansurxoʻjayeva 1979-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (xoreografiya boʻlimi) va yuridik institutini tamomlagan. 1994-yili hozirgi „Oʻzbekiston“ Davlat ashula va raqs ansamblida ish boshlagan. „Yalla“ ansambli bilan uzoq vaqt faoliyat olib borgan. Uning chiqishlari Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda boʻlib oʻtgan. Kinodagi faoliyati Saida Mansurxoʻjayeva ilk marta 16 yoshida reklama roligida suratga tushgan. Lekin ushbu loyihadagi ishtiroki muvaffaqiyatsiz chiqadi. Biroz vaqt oʻtib, 1996-yili rejissor Poʻlat Fayziyev Saidani „Margʻiyona“ filmiga bosh rol uchun taklif etadi. Kartinadagi roli unga muvaffaqiyat olib keladi. 1998-yilda Zulfiqor Musoqov suratga olgan „Kichkina tabib“ filmida Shahnoza rolini oʻynaydi. Saida Mansurxoʻjayeva 2006-yilda suratga olingan „Goʻzallik siri“ filmidagi rassom qiz rolini ijro etadi. Saidaning qahramoni Laylo mashhur dizayner va rassomga aylanib, Fransiyada oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmada qatnashadi va shuhrat qozonadi. Saida Mansurxoʻjayeva „Saida“ nomli professional raqs maktabi raisi. Oʻquvchilariga raqsga tushishni oʻrgatadi. Filmografiyasi Saida Mansurxoʻjayeva suratga tushgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan. YilFilmRolRejissor1996MargʻiyonaMargʻiyonaPoʻlat Fayziyev1998Kichkina tabibShahnozaZulfiqor Musoqov2006Goʻzallik siriLayloJamilaxon Poʻlatova2012Burch va muhabbatOltinoyOzod Shams2015Mehmonxona (serial)NargizaAkram Isoqov2022Pari sovgʻasiGulchehraFarhod Mahmudov
Oilasi Saida Mansurxoʻjayeva turmushga chiqqan, oilali. Otasi velosport boʻyicha sport ustasi, onasi filolog. Raqqosa va aktrisa Goʻzal Mansurxoʻjayeva uning opasi.
Saida Mansurxoʻjayeva 2014-yilda Samiya qizini dunyoga keltirgan. Mukofotlari 2005-yil – „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini olgan; 2011-yil – „Oʻzbekiston“ ashula va raqs ansambli raqqosasi" Saida Mansurxoʻjayevaga „Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti“ unvoni berilgan.
Manbalar
Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik baletmeysterlar Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston raqqosalari