Debal qamali 711-yilning kuzida sodir boʻlgan. Muhammad ibn al-Qosim boshchiligidagi Umaviylar qoʻshinlari Debal shahrini qamal qilgan. Bu shahar Sinddagi Brahminlar sulolasi hukmdori Raja Dahir boshqaruvida edi. Umaviylar Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusufning buyrugʻi bilan shahar aholisini magʻlubiyatga uchratib, hududni qoʻlga kiritgan.

711-yilda Muhammad ibn Qosim 6000 nafar suriyalik otliq, 3000 nafar tuyada harakatlanuvchi hamda koʻplab arab askarlari bilan Debal tomon yurish boshlagan. Shaharni Shoh Dahirning jiyani boshqarar va uning qoʻl ostida 4 000 rajput hamda 3 000 brahmin askarlari bor edi. Umaviy qoʻshini shahar devorlari tashqarisida 7 kun davomida hujum qilish uchun ruxsat berilishini kutgan. Sakkizinchi kuni Muhammad ibn Qosim Hajjoj ibn Yusufdan ruxsat xatini olgan va shundan keyin Umaviy armiyasi Debal devorlarini oshib oʻtib, shaharni egallab olgan, shahar aholisi esa Umaviylarga taslim boʻlgan.

Manbalar

Turkum:711 Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi qamallar