Dilorom ( — dilga orom bagʻishlovchi) — kelib chiqishi forscha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Dilorom Ahmedova — taniqli oʻzbekistonlik olima, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dilorom Alimova — oʻzbekistonlik tarixch, olim, oʻqituvchi, tarix fanlari doktori, professor; Dilorom Egamberdiyeva — oʻzbekistonlik aktrisa; Dilorom Ergasheva — oʻzbekistonlik shoira, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; Dilorom Fayziyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati; Dilorom Fayzullayeva — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Dilorom Karimova — oʻzbekistonlik aktrisa, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti; Dilorom Karimova — oʻzbekistonlik olima, kimyo fanlari nomzodi, professor; Dilorom Omonullayeva — taniqli oʻzbekistonlik bastakor; Dilorom Qambarova — oʻzbekistonlik aktrisa; Dilorom Rahimova — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Dilorom Rahmonova — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Dilorom Saidaminova — oʻzbekistonlik kompozitor; Dilorom Toshmuhamedova — oʻzbek siyosatchisi; Dilorom Yormatova — oʻzbekistonlik olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor; Dilorom Yoʻldosheva — oʻzbekistonlik ishbilarmon ayol, BBC tomonidan tuzilgan „Dunyoning katta taʼsirga ega va ilhomlantiruvchi 100 nafar ayollari“ roʻyxatiga kiritilgan; Dilorom Yusupova — taniqli oʻzbekistonlik manbashunos olima.
Yana qarang
Diloro
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari Turkum:Forscha ayollar ismlari