Artyom Kirillovich Pryadkin (2001-yil 18-sentyabrda tugʻilgan, Petropavlovsk, Qozogʻiston) – qirgʻizistonlik futbolchi, „Bishkek Siti“ klubi va Qirgʻiziston milliy terma jamoasida darvozabon ampulasida oʻynaydi.

Klub karerasi Artyom Pryadkin Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan, sobiq darvozabon Kirill Pryadkinning oʻgʻlidir. Futbolchilik faoliyatini Bishkekning „Ilbirs“ klubida boshlagan. 2019-yilda Qirgʻiziston oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida Granatkin memoriali turnirida ishtirok etgan. Turnir davomida uning oʻyini qozogʻistonlik skautlarning eʼtiborini tortgan. Qozogʻiston ikkinchi divizionda oʻynagan „Jetisu-B“ klubidan taklif olgan. Darvozabonning professional darajadagi debyuti 2020-yil 2-oktyabr kuni „Ontustik akademiyasi“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) boʻlib oʻtgan. 2021-yil boshida u „Ilbirs“ jamoasi tarkibiga qaytgan va u yerda jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan. Oradan 6 oy oʻtgach, u yana Qozogʻistonga, bu safar „Shaxtyor-Bulat“ klubi bilam shartnoma imzolagan. Artyom Shaxtyor jamoasi tarkibida oʻynamagan va 2022-yilning bahorida Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Neftchi jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2022-yil yozgi transfer oynasida Pryadkin „Alga“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va u yerda ham asosiy tarkib oʻyinchiga aylana olmagan.

2023-yil boshida „Dordoy“ klubi futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Dordoy jamoasida Sulton Chomoev asosiy darvozabon edi. Pryadkin yangi jamoasidagi debyutini 2023-yilning oktyabrida oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. Artyom muvaffaqiyatli oʻyinlari bilan Chomoevning oʻrniga asosiy darvozabonga aylangan. 2023-yilgi mavsum yakunida va 2024-yilgi mavsumning birinchi yarmida Pryadkin jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan. Ammo „Dordoy“ „Abdish-Ota“ klubi dan magʻlub boʻlgach (0:4) darvozabon yana zahira darvozaboniga aylangan. 2025-yilning boshida u yangi tashkil etilgan „Bishkek Siti“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Pryadkin Qirgʻiziston oʻsmirlar terma jamoasida Granatkin memorialida qatnashib, Hindistonga qarshi oʻyinda penaltilar seriyasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yilning noyabr oyida U-19 terma jamoasi safida Eronga qarshi Osiyo Kubogi saralash uchrashuvida (0:3) debyut qilgan. 2023-yilda u Olimpiya terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 2021-yil sentyabrida Falastin va Bangladeshga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga ilk marta chaqiruv olgan. U 2024-yilning yozidan buyon milliy terma jamoa yigʻinlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda, biroq terma jamoada hali debyut oʻtkazmagan.

Manbalar

Havolalar

Artyom Pryadkin Footballfaktsru saytida Artyom Pryadkin Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Ilbirs Bishkek FC futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:FC Bishkek Siti futbolchilari