Damashq qamali 634-yil 21-avgustdan 19-sentyabrgacha davom etgan. Qamaldan keyin shahar Roshidun xalifaligi qoʻliga oʻtgan. Damashq musulmonlarning Suriyaga istilosi davomida Sharqiy Rim imperiyasining birinchi yirik shahri sifatida zabt etilgan.
Soʻnggi Rim-Fors urushlari 628-yilda oʻz yakuniga yetdi. Vizantiya imperatori Herakleios Mesopotamiyada forslar ustidan muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirdi. Shu bilan birga oʻsha vaqtda paygʻambar Muhammad ham arablarni islom bayrogʻi ostida birlashtirdi. 632-yilda paygʻambar Muhammad vafot etgach, Abu Bakr uning oʻrniga birinchi Roshidun xalifasi etib saylandi. Bir qancha ichki qoʻzgʻolonlarni bostirganidan soʻng Abu Bakr xalifalikni Arabiston yarim orolining chegaralaridan tashqariga ham kengaytirishga harakat qildi..
Manbalar
Turkum:634 Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar