Ullays jangi () – 633-yil iyun oyi oʻrtalarida Iroqda Roshidun xalifaligi va Sosoniy Fors imperiyasi kuchlari oʻrtasida kechgan jang. Ayrim manbalarda Qon daryosi jangi deb ham yuritiladi, chunki urush oqibatida juda koʻp sosoniy forslar va nasroniy arablari qurbon boʻlgan. Bu jang musulmonlar va Fors qoʻshini oʻrtasidagi ketma-ket toʻrtinchi va oxirgi jang boʻlgan. Har bir jangdan keyin forslar va ularning ittifoqchilari qayta toʻplanib, yana urushga kirgan. Bu janglar natijasida, Sosoniy fors qoʻshinlari Iroqdan chekinishga majbur boʻlishgan va Iroq Roshidun xalifaligi qoʻshinlari tomonidan zabt etilgan.
Manbalar
Havolalar A. I. Akram, The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns Lahore, 1969
Turkum:633 Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar