Avstraliyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha yoshlar terma jamoasi - norasmiy ravishda „Yosh Sokkeruzlar“ () deb nomlanadi. Bu jamoa xalqaro tunirlarda 20 yoshgacha boʻlgan jamoalar oʻrtasidagi musobaqalarda Avstraliya sharafini himoya qiladi. Jamoa Avstraliya Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladi.

Avstraliya oʻn ikki marta OFK chempioni va besh marta ASEAN chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, jamoa oʻn besh marta Jahon chempionatida ishtirok etgan boʻlib, uning eng yuqori natijasi 1991 va 1993-yillarda erishilgan toʻrtinchi oʻrinlardir.

Yana qarang Avstraliya milliy futbol terma jamoasi Avstraliya milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha) Avstraliya milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha)

Manbalar

Havolalar

Oz Football Young Socceroos Archive

Turkum:Osiyoda 20 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoalari