Elfriede „Elfi“ von Dassanowsky (1924-yil 2-fevralda tugʻilgan 2007-yil 2-oktyabrda vafot etgan) – asli avstriyalik qoʻshiqchi, pianinochi va kino prodyuseri.
Yoshlik yillari Elfi fon Dassanowskiy (shuningdek, Elfi Dassanowsky yoki Elfriede Dassanowsky nomi bilan ham mashhur) Vena shahrida Avstriya Savdo vazirligi davlat xizmatchisi Franz Leopold von Dassanowsky hamda Anna (qizlik familiyasi Grünwald) oilasida dunyoga kelgan. 5 yoshida pianino chalishdagi qobiliyati bilan ajralib turgan Elfi Vena shahridagi Muqaddas Virgin Mary institutida (shuningdek, „Englische Fräuleins“ deb ham ataladi) taʼlim olgan. 15 yoshida Vena Musiqa va sahna sanʼati akademiyasiga oʻqishga kirgan eng yosh ayol boʻlgan. Dassanowsky taʼlimi va karyerasini natsizm tashkilotlariga aʼzo boʻlishni rad etgani sababli uzoq vaqtga toʻxtatgan. 1944-yil oxirida Berlinning kuchli UFA studiyasidan film suratga olish uchun taklif olgan boʻlsa-da, Dassanovskiy ushbu taklifni ham rad etgan.
Faoliyati 1946-yilda von Dassanowsky operada Mozartning „The Maariage of Figaro“ operasida Susanna rolida ilk bor sahnaga chiqqan.
Dassanowsky kino tarixidagi sanoqli ayollardan biri boʻlib qolmoqda. 22 yoshida Venada urushdan keyingi davrda yangi kino studiyasi – Belvedere Filmni tashkil etgan eng yosh shaxslardan biri boʻlgan. August Diglas hamda Emmerich Hanus kabi taniqli shaxslar bilan hamkorlikda nemis tilida studiyada „Die Glücksmühle“ (1946), „Dr. Rosin“ (1949) va „Märchen vom Glück“ (1949) kabi klassikalarni yaratgan.
Elfi von Dassanowsky kinematografiya sohasida yetakchi ayol va urushdan keyingi Avstriya sanʼati hamda madaniyatida koʻp qirrali isteʼdod egasi sifatidagi faoliyati uchun xalqaro miqyosda tan olingan. Shuningdek, Xalqaro ayollar markazining nufuzli „Tirik meros“ mukofotini qoʻlga kiritgan yagona avstriyalik ayol hisoblanadi. Bundan tashqari, UNESCOning Mozart medali, Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun Oltin nishon, Fransiyaning „Sanʼat va adabiyot“ ordeni, Avstriya kino arxivining Umr boʻyi erishgan yutuqlari uchun medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Ayollar uchun xalqaro markazda yashash merosi mukofoti
Film uchun maʼlumotnoma biografiyasi FemBio Biografiyasi Avstriya matbuot agentligining relizi, 2007-yil 12-avgust Avstriya matbuot agentligi, 2007-yil 1-oktyabr EvD Foundation haqida Avstriya maʼlumoti Elfi fon Dassanovskiy fondi
Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Prodyuserlar Turkum:Avstriyada tugʻilganlar Turkum:Venada tugʻilganlar