Hayit ( — bayram, tantana) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Hayit Amin — Buxoro viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi; Hayitali Nizomiddinov — taniqli oʻzbek teatr aktyori. Doʻstlik ordeni sohibi; Hayitboy Ergashev — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Hayitgul Yoʻldosheva — oʻzbekistonlik oʻqituvchi; Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Hayitjon Alimova — oʻzbekistonlik para dzyudochi; Hayitmat Bogʻbekov — yogoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi; Hayitmurod Farmonov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi;

Familiyalar

Hayitov Hayitova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar