Knarik Grigori Vardanyan (; 1914-yil 24-noyabrda tugʻilgan –1996-yil 25-dekabrda vafot etgan) – Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi aristi, rassom va bosmachi. 1967-yilda Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Hayoti Knarik Vardanyan 1914-yil 24-noyabrda Rossiya imperiyasining Kavkaz vitse-qirolligi Aleksandropol uyezdining Kaftarli qishlogʻi (hozirgi Panik)da dunyoga kelgan.

Vardanyan 1933-yilda Leninakan qurilish texnika kollejini (hozirda Gyumri davlat texnika kolleji deb ataladi) tamomlagan. Soʻngra 1933-yildan 1934-yilga qadar arxitektor Aleksandr Tamanianning arxitektura studiyasida yordamchi boʻlib ishlagan. 1941-yilda Panos Terlemezyan nomidagi davlat tasviriy sanʼat kollejini tamomlagan. Keyinchalik, 1950-yilda Yerevan davlat tasviriy sanʼat va teatr institutini tamomlagan. 1950-yildan 1952-yilgacha Moskvadagi Arman madaniyati uyining rassomlik boʻlimida BV Yoganson qoʻl ostida tahsil olgan.

1942-yildan 1944-yilga qadar Vardanyan Hovhannes Tumanyan nomidagi Yerevan qoʻgʻirchoq teatrida bosh rassom boʻlib faoliyat koʻrsatgan va bir qator spektakllar yaralishiga yordam bergan. 1950-yildan boshlab Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) aʼzosiga aylangan. Keyinchalik Vardanyan opera qoʻshiqchisi Davit Poghossian bilan oila qurgan (1911–2004).

Vardanyan asarlarida ishchi odamning kundalik hayoti mavzusiga murojaat qilgan. 1960–1970-yillarda esa uning chizmalari va rang palitrasi tabiatni aks ettirishga yoʻnaltirilgan holda oʻzgara boshlagan. Uning shaxsiy koʻrgazmalari Yerevan (1965, 1978, 1981), Leninakan (1981), Kirovakan (1981), Yeghegnadzor (1982) va Tbilisida (1982) boʻlib oʻtgan. Vardanyanning koʻplab sanʼat asarlari muzey kolleksiyalarida, shu jumladan, Armaniston Milliy galereyasida saqlanadi.

Knarik Vardanyan 1996-yil 25-dekabrda Armanistonning Yerevan shahrida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:24-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:25-dekabrda vafot etganlar Turkum:Rassomlar