Isfahon jangiParvaneh Pourshariati, The Decline and Fall of the Sasanian Empire, 247. – 642-yilda Roshidun xalifaligi va Sosoniylar imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Bu jangda arablar gʻalaba qozongan, Mihroniylar sulolasiga mansub sarkarda Shahrvaroz Jadhuyih halok boʻlgan. Jangdan keyin arablar shahar hokimi Fadhusfon bilan sulh tuzgan. Abu Nuaymning yozishicha, Isfahon zabt etilgach, koʻplab kishilar oʻldirilgan yoki qullikka olib ketilgan, natijada mintaqaning joylashuv (aholi) tizimi oʻzgarib ketgan. Isfahon 644-yilga kelib, toʻliq taslim etilgan, bir necha bor koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar samarasiz yakunlangan. Shundan soʻng, Isfahon aholisi arablar bilan shartnoma tuzgan, unga koʻra, ular har yili soliqlar va toʻlovlar toʻlash evaziga arablar tomonidan harbiy himoya ostida boʻlishganISFAHAN vi. MEDIEVAL PERIOD, Hossein Kamaly, Encyclopaedia Iranica.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:642