Hadiya Davletshina (; 1905-yil 5-martda tugʻilgan – 1954-yil 5-dekabrda vafot etgan) – boshqird shoiri, yozuvchi va dramaturg.

Biografiyasi Hadiya Davletshina 1905-yil 5-martda Samara viloyatining Pugachev tumanidagi Xasanovo qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi Lutfulla Ilyosov, onasi Gulyaohar. Bobosi qishloq mullasi edi.

Davletshina 1920-yilda Samara viloyati Dengizboyevo qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan.

Hadiya Ilyasova dastlab qishloq madrasasida boshlangʻich taʼlimini olgan, soʻngra sovet maktabida oʻqishni davom ettirgan. 1919-yilda otasi vafot etgach, oilaga gʻamxoʻrlik qilishni oʻz zimmasiga olishga majbur boʻlgan. Hadiya kar onasi va uch nafar uka-singillarini boqish uchun ishlashiga toʻgʻri kelgan.

Rossiyadagi Fuqarolar urushi (1918–1920) davrida Hadiya tumandagi ilk Komsomol (yoshlar tashkiloti) aʼzolaridan biri boʻlgan. 15 yoshidan boshlab qoʻshni Dengizboyev qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan. Sovet hokimiyatiga qarshi boʻlgan kuchlar tomonidan uyushtirilgan taʼqiblardan bir necha bor qutulib qolgan. 1920-yilda Samaradagi Tatar-Boshqird pedagogika kollejining talabasi boʻlgan.

1920-yil Samaradagi tatar-boshqird pedagogika kollejida, 1932-yil Moskva muharrirlar tayyorlash institutida, 1935–1937-yillarda Boshqird pedagogika institutida tahsil olgan. thumb|300x300px|Birskdagi Hadiya Davletshina muzeyi1933-yil Hadiya Davletshina turmush oʻrtogʻi, yozuvchi va keyinchalik Boshqird ASSR maorif komissari boʻlgan Davletshin bilan birga Boshqirdiston ASSRning Baymak tumani gazetasi adabiy boʻlimida faoliyat yuritgan.

1937–1942-yillarda quvgʻinga uchragan turmush oʻrtogʻi, Boshqirdiston ASSR xalq maorifi komissari Gubay Davletshinning rafiqasi sifatida hibsga olingan. 1942-yilda sogʻligʻi yomonlashgani sababli qamoqdan ozod etilgan va vafotiga qadar surgunda Birsk shahrida yashagan. 1954-yilda Birskda sil kasalligidan vafot etgan. Manbalar

Havolalar

Boshqirdiston tarixi va madaniyati Boshqirdiston Respublikasining adabiy xaritasi Ufadagi adabiyot Boshqirdiston entsiklopediyasi Archived Hadiya Davletshina haqida filmlar