Kali masjidi () – Hindistonning Telangana shtati, Haydarobod tumanidagi Haydarobod shahrida joylashgan masjiddir.
Tarixi Bu masjid 1702-yilda Haydarobodning Boburiy hokimi Rustam Dilxon tomonidan qurilgan. Kichik hajmdagi masjid Qutb Shohi uslubida qurilgan boʻlib, hovliga ochiladigan uchta arkli eshiklarga ega. Hovlida tahorat olish uchun maxsus hovuz joylashgan. Hovuzdan tashqarida esa Jan Siparxon va Rustam Dilxonning qabrlari mavjud. Masjidning qurilish sanasi mehrob ustidagi yozuvda koʻrsatilgan.
Yana qarang
Hindistonda Islom Telanganadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Haydaroboddagi masjidlar