Mohiddin masjidi, shuningdek Ujra masjidi nomi bilan ham tanilgan, Hindistonning Lakshadvip hududidagi Kavaratti orolida joylashgan masjid. Masjid hovlisidagi quduqda davolovchi quvvatga ega boʻlgan suv mavjudligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Tavsifi Mohiddin masjidi orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. XVII asrga oid bu inshootning bezakli shifti bitta yogʻochdan yasalgan degan taxminlar bor. Masjid ustunlari ham nozik oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Mahalliy afsonaga koʻra, yogʻoch oʻymakorligidagi naqshlar gʻoyasi bir oʻsimlik bargidan ilhomlangan. Hunarmand uni oʻz uyida bezak beribchiroyli holatga keltirishni istagan, ish vaqtida yogʻoch boʻlagi koʻziga tegib, koʻzi koʻrmay qolgan.

Masjid hududida Shayx Muhammad Qosimning qabri joylashgan boʻlib, bu joy orol aholisi tomonidan muqaddas hisoblanadi.

Yana qarang

Hindistonda Islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Hindistondagi XVII asr masjidlari Turkum:Hindistondagi gumbazli masjidlar Turkum:Hindistondagi minorali masjidlar