Sabine Derflinger (1963-yilda Avstriyaning Wels shahrida tugʻilgan) – avstriyalik kinorejissyor, ssenariynavis, prodyuser hamda dramaturgiya boʻyicha maslahatchi. U Vena va Berlin shaharlarida yashab, ijod qiladi. Derflinger tomonidan suratga olingan koʻplab filmlar bir qator mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, Geraubte Kindheit, Vollgas, Kleine Schwester, 42plus va Tag und Nacht. U, shuningdek, Tatort nomli mashhur serialdagi bir qator qismlarni sahnalashtirgan rejissyor sifatida ham tanilgan.
2012-yilda u Vena shahrining Ayollar mukofoti bilan taqdirlanganDie Presse: Sabine Derflinger: "Man muss ein Alphatier sein" Wien.goc.at Sabine Derflinger und Gabriella Hauch erhielten am 10. Dezember 2012 den Wiener Frauenpreis 2012 .
Faoliyati 1991-yilda Sabine Derflinger Vena Filmakademiyasida (ssenariy va dramaturgiyaning maxsus sohalari) oʻqishni boshladi, bir necha yil kino biznesida rejissyor va prodyuser yordamchisi boʻlib ishlagan. 1996-yilda u „Epik va dramatik struktura orasidagi kino hikoyalari“ (Movie narratives between Epic & Drama) nomli dissertatsiyasi bilan oʻqishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Sabine Derflinger bir qator badiiy va hujjatli filmlari bilan tanilgan boʻlib, ularning aksariyati turli mukofotlarga sazovor boʻlgan. U, shuningdek, Germaniya-Avstriya-Shveysariya hamkorligida ishlab chiqarilgan kult kriminal serial Tatortning Avstriyadagi qismini suratga olgan birinchi ayol rejissyor sifatida tarixga kirganDer Standard - Interview Doris Priessching: "Wahnsinn, welche Bedingungen in der Branche herrschen" . U hozirgacha Tatortning ikkita Avstriyada olingan (Falsch verpackt (False Labelling); Angezählt (Down for the Count) va bitta nemischa (Borowski und das Meer) qismlarini suratga olgan.
Sabine Derflingerning Tag und Nacht filmi ommaviy axborot vositalarida katta eʼtibor qozongan. Mazkur filmda bosh rolni ijro etgan Anna Red 2011-yilda Nyu-York kinofestivali doirasida „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻlgan, uning hamkasbi Magdalena Kronschläger esa 2011-yilgi Avstriya kino mukofotida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.
Filmografiyasi 1991: Es war einmal (Once upon a time) – ssenariy muallifi, rejissyor, prodyuser 1994: Geraubte Kindheit 1996: Achtung Staatsgrenze 1998: Aus Liebe 1999: The Rounder Girls 2001: Vollgas 2004: Kleine Schwester 2004: Schnelles Geld 2005: DREI, VIER 2006: In den Straßen von Delhi 2007: 42plus 2008: Platz 2008: Eine von 8 2009: Was bleibt 2010: Tag und Nacht 2011: Hotspot 2012: Tatort 2012: Literatur hat Recht 2012: For Those Who Can Tell No Tales 2013: Tatort - Angezählt 2013: Paul Kemp - Alles kein Problem 2013: Tatort - Borowski und das Meer 2013: Vier Frauen und ein Todesfall 2014: Vorstadtweiber'' - rejissyor
Manbalar
Havolalar Oficial Homepage Facebook
Austrian Directors website
Turkum:Avstriyalik kinorejissyorlar