Karimova Eʼzozxon Gafurjanovna (1973-yil, Namangan tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek davlat arbobi. 2025-yil 7-may maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. 2025-yil 31-iyulda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan.

2026-yil 5-oktabrda Eʼzozxon Karimova Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tarjimai holi 1990-yili Hamid Olimjon nomidagi umumtaʼlim maktabini tamomlab, ToshDUning falsafa fakultetiga oʻqishga topshirgan. 1996-yil universitetni yakunlab, aspiranturada oʻqishda qoldi. 2003-yilda ijtimoiy psixologiya va sotsialogiya ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Mehnat faoliyati 1990—1991-yillar – Kosonsoy tumanidagi 28-oʻrta maktabda ish yurituvchi. 1991—1992-yillar – Kosonsoy tumanidagi Boborahim Mashrab nomli 30-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi. 1992—1994-yillar – Kosonsoy tumanidagi 35-sonli maktab tarix va jamiyatshunoslik fanlari oʻqituvchisi. 1994—1995-yillar – Kosonsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 29-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ish yurituvchisi. 1995—1996-yillar – Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti falsafa kafedrasi katta laboranti. 1996—2001-yillar – Nabi Gʻaniyev nomli Toshkent kino texnikumi gumanitar fanlar oʻqituvchisi. 2001—2004-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti falsafa kafedrasi assistenti. 2004—2009-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshligʻi, falsafa kafedrasi mudiri. 2009—2010-yillar – Toshkent davlat madaniyat instituti Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya“ boshqarmasi boshligʻi. 2010—2011-yillar – Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti Metodika markazi boshligʻi va maʼnanaviy axloqiy tarbiya ishlari boʻyicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi. 2011—2021-yillar – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi. 2021—2021-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Oʻquvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi. 2021—2023-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari direktorining maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi. 2023—2024-yillar – „Yangi Oʻzbekiston“ universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori. 2024—2024-yillar – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor maslahatchisi. 2025-yil 7-maydan 2025-yil 31-iyulgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori. 2025-yil 31-iyuldan 2026-yil 6-oktabrgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri. 2026-yil 5-oktabr Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar