Lilly Helene Steinschneider-Wenckheim (1891-yil 13 yanvarda tugʻilgan — 1975-yil 28-martda vafot etgan), asosan, Lilly Steinschneider nomi bilan tanilgan birinchi vengriyalik uchuvchi ayol.

Yoshlik yillari Lilly Steinschneider 1891-yil 13-yanvarda Vengriyaning Budapesht shahrida boy yahudiy oilada dunyoga kelgan. Otasining ismi Irma Wohr, onasi esa Bernat Steinschnider boʻlib, Lilly ularning ikkinchi farzandi edi. Onasi chex millatiga mansub boʻlgan. Lilly Steinschneiderning Hugó ismli akasi boʻlgan. Steinschneider hayotining dastlabki oʻn sakkiz yili haqida deyarli hech qanday maʼlumot mavjud emasFLUG-Informationen 59. Jg., Folge III+IV/2009.

1909-yilda Lui Blerio Budapesht osmonidan uchib oʻtganini koʻrgan Steinschneider bu voqeadan ilhomlanib, uchishni oʻrganishga qaror qilgan. 1911-yilda uchuvchilikka tayyorgarlik doirasida Steinschneider atigi olti hafta ichida haydovchilik guvohnomasini egallagan. Xarajatlarni qoplash maqsadida oʻz zargarlik buyumlarining bir qismini garovga qoʻyib, zarur boʻlgan 200 kronni toʻplagan.

Uchuvchilik faoliyati thumb|Lilly Steinschneiderning 1912-yil 15-avgust sanasi yozilgan samolyot shaklidagi broshkasi. Ushbu broshka uning uchuvchilik guvohnomasini olganini yodga soluvchi suvenir hisoblanadi. Steinschneider uchuvchilikni Wiener Neustadt shahrida uchuvchi instruktor Karl Illnerdan oʻrgangan. Dastlab uchuvchilarga yoʻlovchi sifatida hamrohlik qilgan, soʻngra oʻzi ham boshqaruvni qoʻlga olgan.

1912-yil 15-avgust kuni Steinschneider uchuvchilik guvohnomasini olish uchun sinovdan oʻtgan va bu uning imtihon topshirgan sanasi yozilgan samolyot shaklidagi broshkaga muhrlangan.

Steinschneider Avstriyaning birinchi hamda Avstriya-Vengriya imperiyasining ikkinchi ayol uchuvchisi boʻlgan (birinchi boʻlgan aviator Božena Laglerová edi). U Etrich Taube samolyotini boshqargan. 1912-yil 6-oktyabr kuni Nagyváradda oʻtkazilgan uchuvchilik namoyishida ishtirok etgan va u yerda 2000 nafar tomoshabin oldida uchib, qahramon sifatida kutib olingan. Steinschneider juda koʻplab muxlislaridan xatlar va sevgi maktublarini olgan.

Manbalar

Havolalar Biografiyasi va rasmlari

Turkum:Budapeshtda tugʻilganlar