Gʻolib ibn Abdulloh al-Laysiy (), shuningdek, Gʻolib ibn Fadala al-Laysiy nomi bilan ham tanilgan (), sahoba va sarkarda. Payg‘ambar Muhammad hayotlik chogʻida bir necha marotaba butparast badaviy qabilalarga qarshi harbiy yurishlarga boshchilik qilgan. Keyinchalik 634–636-yillarda Iroqning fath etilishida ishtirok etgan, shuningdek, 668–671-yillar oraligʻida qisqa muddat davomida Xurosonda qoʻmondonlik qilgan.

Ajdodi Gʻolib ibn Abdulloh arablarning Kalb urugʻidan boʻlgan. Ushbu urugʻ Banu Lays qabilasiga, Banu Lays esa oʻz navbatida Banu Bakr ibn Abd Manot qabilasiga tegishli hisoblanadi. Banu Bakr qabilasi Kinona qabilalar guruhining bir boʻlagi hisoblanadiFishbein 1997, pp. 139–140..

Gʻolib ibn Abdulloh al-Laysiy paygʻambar Muhammadning qoʻl ostida bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Sahobalar Turkum:Roshidun xalifaligi generallari