Kaula al-Yahudiy (–711) VIII asrda yashagan yahudiy generali boʻlib, ushbu lavozimga Umaviylar xalifaligi qoʻmondoni Toriq ibn Ziyod tomonidan tayinlangan. 711-yilda vestgotlarga qarshi Jerez jangida muhim rol oʻynagan, shuningdek, yahudiylar hamda berberlardan iborat qoʻshinga boshchilik qilgan. Ushbu jangda vestgotlarga qarshi kurashib, Kataloniyaning bir qismini oʻz nazorati ostiga olgan.
Keyinchalik al-Yahudiy Umaviylar tomonidan Ispaniyaga noib etib tayinlangan al-Hurr ibn Abdurahmonning zolim boshqaruviga qarshi isyon koʻtargan. Biroq al-Hurr kuchliroq qoʻshin bilan unga qarshi hujum qilgan. Kaula orqaga, Lerida (hozirgi Ispaniyaning shimoli-sharqiy qismi) tomon chekinishga majbur boʻlgan. 718-yilda Lerida yaqinida Kaula magʻlubiyatga uchrab, asir olingan va qatl etilgan. Al-Hurr uning qoʻshini tarkibidagi yahudiy jangchilarni ham quvib borgan, ammo ular Kataloniya shaharlaridagi diniy birodarlari, yaʼni yahudiy hamjamiyatlari orasida panoh topishga muvaffaq boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:718-yilda vafot etganlar