Vira Vovk (), toʻliq ismi Vira Ostapivna Selyanska (; 1926-yil 2-yanvar, Borislav, Lvov voyevodstvo – 2022-yil 16-iyul, Rio-de-Janeyro) – ukrainalik yozuvchi, adabiyotshunos, nosir, dramaturg va tarjimon.
Hayoti Vovk 1926-yil 2-yanvarda Polsha Respublikasining Lvov voyevodstvo Borislav shahrida (hozirgi Lvov viloyati, Ukraina) shifokor va arxeolog oilasida tugʻilgan. Vovk Kuti shahridagi Gutsulshinada oʻsgan. Vovk Lvovdagi gimnaziyada, soʻngra Drezdendagi Clara Schumann nomidagi qizlar oʻrta maktabida tahsil olgan. Otasi Drezdendagi bombardimonlardan birida vafot etgan.
1945-yildan emigratsiyada (avval Germaniyada, keyin Braziliyada). Tyubingen universitetida nemisshunoslik, slavyanshunoslik va musiqa fanlarini oʻrgangan. 1949-yilda onasi bilan Rio-de-Janeyroga koʻchib oʻtgan, u yerdagi universitetni tugatgan, shuningdek, Kolumbiya universiteti (Nyu-York) va Myunxen universitetida stajirovka oʻtagan va u yerda qiyosiy adabiyotshunoslikni oʻrgagan. Falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. Rio-de-Janeyro Federal universitetining nemis adabiyoti professori. 1957-yildan buyon ushbu universitetning nemis tili kafedrasi mudiri boʻlgan.
1965-yilda Vovk Sovet Ukrainasiga tashrif buyurgan va keyin „AQSh va Kanadaga sayohat qilib, u yerda millatchilar klublarida, universitetlarda chiqishlar qilgan“ . Uni yomon kutib olishgan. Torontoda Vovkni minbardan hayqiriqlar bilan tortib olishga urinishib, unga tahdid qilishganДитковская С. А. Деятельность Украинского общества дружбы и культурных связей с заграницей по приему иностранных туристов в период 1959—1991 гг. // Сервис в России и за рубежом. — 2015. — Т. 9. — № 4 (60). — С. 148.. Vovkni „kommunistlarga xizmat qilish“da ayblashgan.
Vovk ukrain, nemis va portugal tillarida yozgan. „Rannie rasskazi“ (1943−1954), „Legendi“ (1958), „Skazki“ (1956), „Duxi i dervishi“ (1956), „Rasskazi dlya detey“ (1960−1962), „Vitraji“ (1961), „Svyataya rosha“ (1983), „Karnaval“ (1986), „Starie barishni“ (1995), „Kaleydoskop“ (1979—2001) kabi asarlari bor. Vovk Ukraina madaniyati va tilini faol ravishda targʻib qilgan. Nyu-York, Vashington, London, Parij, Rim, Madrid, Kiyev va boshqa koʻplab shaharlarda adabiy maʼruzalar, leksiyalar va ijodiy kechalari oʻtkazgan.
Vovk 2022-yil 16-iyulda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 96 yoshida vafot etgan.
Mukofotlari
Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2008) – „Stixotvoreniya“ (2000), „Proza“ (2001), „Vospominaniya“ (2003), „Sedmaya pechat“ (2005), „Romen-zele“ (2007) kitoblari va ukrain adabiyoti asarlarini portugal tiliga qilgan tarjimalari uchun. I. Y. Franko nomidagi mukofot (1957, 1979, 1982; Chikago; 1990, Kiyev) Blagovest mukofoti (2000) Ivan Koshelivets mukofoti (2012) 3-darajali knyaginya Olga ordeni (2003) „Glodoskoe sokrovishe“ mukofoti (2013; Lida Paliy bilan birga)
Manbalar
Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:16-iyulda vafot etganlar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:2-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Braziliyalik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Alifbo boʻyicha tarjimonlar