Nino Katamadze (gruzincha: ნინო ქათამაძე; 1972-yil 21-avgust) – gruziyalik jazz qoʻshiqchisi va rassom.
Biografiyasi Nino Katamadze 1972-yilda Sovet Gruziyasining Kobuleti shahrida dunyoga kelgan. 1990-yilda ZP Paliashvili nomidagi Batumi Musiqa instituti vokal boʻlimiga oʻqishga kirgan. Institutni tamomlagach, turli guruhlarda faoliyat yuritgan va koʻplab musiqiy loyihalarda ishtirok etgan. 2002-yilda esa Katamadze Yevropada oʻzining birinchi xalqaro gastrol safarini oʻtkazgan.
2006-yilda Katamadzening „White“ nomli albomi katta muvaffaqiyat qozondi va Gruziya, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada ham chiqarildi. Sotilgan albomlar soni 700 000 nusxadan oshdi.
Diskografiyasi
Albomlari
Ordinary Day Nino Katamadze & Insight Start new peaceful day (jonli DVD) White (2006) Black (2006) Blue (2008) Red (2010) Green (2011) Yellow (2016)
Soundtreklari
Mermaid (film, 2008) Heat (film, 2006) Apple Orange Sky Orange Sky Indi (2007) The Ghost (film, 2008)
Havolalar
Official site – Nino Katamadze LiveJournal – Nino Katamadze
Manbalar
Turkum:Xonandalar Turkum:Rassomlar Turkum:Yashayotgan insonlar