Viktor Einar Gyökeres (; 1998-yil 4-iyunda tugʻilgan) – shved professional futbolchisi boʻlib, Angliya Premyer-ligasi vakili Arsenal va Shvetsiya milliy terma jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Gyökeres 2015-yilda Shvetsiyaning Brommapojkarna jamoasida professional faoliyatini boshlagan va uch yil davomida ellikdan ortiq oʻyin oʻtkazgach, Brighton & Hove Albion jamoasiga oʻtgan. Keyinchalik u St. Pauli, Swansea City va Coventry City kabi turli klublarga ijaraga berilgan boʻlib, 2021-yilda Coventry City jamoasiga doimiy asosda oʻtgan. Sporting CP uni 2023-yilda klub rekordini yangilagan 20 million yevrolik transfer evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi. Birinchi mavsumidayoq u jamoasiga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, u Primeira Ligada 33 ta oʻyinda 29 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar sifatida Bola de Prata sovrinini hamda yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini qoʻlga kiritdi.

Gyökeres Shvetsiya terma jamoasining turli yosh toifalarida oʻynagan va 2017-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlgan. U 2019-yilda Shvetsiya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Xalqaro karyerasi 2017-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gruziyada oʻtkazilgan yoshlar Yevropa chempionatida qatnashdi. Musobaqada u Portugaliya, Chexiya va Gruziya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Har uchala uchrashuvda Viktor bittadan gol urdi va turnirning eng samarali hujumchisi boʻldi.

2019-yil 8-yanvarda Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Shvetsiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi. 11-yanvarda esa Islandiyaga qarshi oʻyinda milliy jamoa uchun ilk golini kiritdi.

Shaxsiy hayoti Gyokeres otasining otasi orqali vengriyalik kelib chiqishiga ega boʻlib, u Shvetsiyaga koʻchib kelgan. Gyokeres Vengriya va Shvetsiya fuqaroligiga ega. Uning otasi Stefan Gyokeres 1980 va 1990-yillarda IFK Oʻstersund va Stugun jamoalarida futbol oʻynagan.

CMTV teleradiokompaniyasi 2024-yil yanvar oyida Gyokeresning portugaliyalik aktrisa Inês Aguiar bilan munosabatda ekanligini xabar qildi. U ilgari oʻrta maktabda tanishgan professional futbolchi Amanda Nildén bilan munosabatda boʻlgan. Amanda Nildén Gyokeres 2018-yilda klubga oʻtganda Brighton ayollar jamoasiga qoʻshilgan edi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC St. Pauli futbolchilari Turkum:IFK Aspudden-Tellus futbolchilari Turkum:IF Brommapojkarna futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Coventry City F.C. futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Superettan futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Uelsdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari