Abu Amra Qayson () – Ikkinchi ftina davrida mashhur fors mavlosi.
Qayson musulmonlar Eronni bosib olganidan keyin islomni qabul qilgan va arab qabilasining Bajila boʻlimi Urayna urugʻiga mansub mavloga aylangan. Qayson boshdanoq Aliylar harakatini qoʻllab-quvvatlagan. Oxir-oqibat al-Muxtor as-Saqafiy (685–687) boshchiligidagi Alaviylarga xayrixoh harakatning mavlolar yetakchisiga aylangan va al-Muxtorning shaxsiy qoʻriqchilari sardori lavozimida xizmat qilgan. Qayson bu lavozimga al-Muxtorning unga boʻlgan yuksak ishonchi yoki oʻzining Kufa mavlolari orasidagi yuqori taʼsiri sababli tayinlangan. U, shuningdek, al-Muxtorning sodiq tarafdorlaridan biri sifatida mashhur sarkarda Ibrohim ibn al-Ashtarni Alaviylar harakatini qoʻllab-quvvatlashga koʻndirgan. Qayson Kufaning arab zodagonlarini, jumladan, Umar ibn Saʼd ibn Abu Vaqqos va Shimr ibn Zil al-Javshan kabi shaxslarni, 680-yilda Alining oʻgʻli Husayn ibn Alining oʻldirilishiga aloqador voqealarda ishtirok etganliklarning jazolash ishlariga boshchilik qilgan. U shunchalik kuchli obroʻga ega boʻlganki, kufalik zodagonlar boyligidan mahrum boʻlgan kishilar haqida „uni Abu Amra (yaʼni Qayson) yoʻqlabdi“ degan iborani qoʻllashgan. Qaysonning keyingi taqdiri maʼlum emas, biroq u 686-yil oʻrtalarida boʻlib oʻtgan Madhar jangida al-Muxtorning qoʻshinidagi mavlolarga qoʻmondonlik qilgan va aynan shu jangda halok boʻlgan boʻlishi mumkin, chunki jangdan keyingi manbalarda Qayson haqida maʼlumotlar uchramaydi.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar