Muhammad ibn Falah (1400, Vosit, Iroq – 1461, Hoveyze, Eron) – Iroqda tugʻilgan ilohiyot olimi, shia mazhabi boʻlmish Mushaʼshaʼiya asoschisi. Diniy taʼlimni al-Hillah shahrida olgan va u yerda oʻzini Imom Ali va Mahdiyning yerdagi vakili deb hisoblagan. Keyinchalik uni musulmon jamoasi kofir deb atagan.

Uning maʼnaviy taʼlimotlari Qur’on uslubida bitilgan „Kalom al-Mahdiy“ (Mahdiyning kalomi) nomli asarda jamlangan. Yettinchi shia imomi Muso al-Kozimning avlodi ekanligiga ishonilgan. Vafotidan soʻng, oʻgʻli Ali ibn Muhammad Mushaʼshaʼiya mazhab rahbari lavozimini egalladi va bu bilan sulola vorisligining boshlanishiga asos soldi. Manbalar

Encyclopædia Britannicada Muhammad ibn Falah haqidagi maqola

Turkum:1461-yilda vafot etganlar Turkum:1400-yilda tugʻilganlar Turkum:Iroqlik shia musulmonlari