„The Wonderful Wizard of Oz“ () – L. Frank Baum qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan roman. Ilk bor 1900-yil bosilib chiqqan. Ilk nashr rasmlarini W. W. Denslow chizgan. Roman Oz mamlakati haqidagi romanlar seriyasidagi birinchi romandir. Asarda tornado uyini uchirib ketganidan keyin Toto ismli iti bilan Oz mamlakatiga tushib qoladigan kanzaslik Dorothy ismli qizaloq haqida hikoya qilinadi. Dorothy moʻjizakor Oz mamlakatiga yetib borganidan keyin Gʻarbning yovuz jodugarini yoʻq qilmasa, vataniga qayta olmasligidan xabar topadi.

„The Wonderful Wizard of Oz“ romani ilk bor 1900-yilning sentyabrida „George M. Hill Company“ nashriyotida tomonidan bosilib chiqqan. 1956-yilda jamoat mulkiga aylanguniga qadar 3 milliondan oshiq adadda sotilgan. Roman koʻpincha „The Wizard of Oz“ qisqa nomi bilan chop etiladi. 1902-yil eʼlon qilingan myuzikl hamda 1939-yil ekranga chiqqan va katta shuhrat qozongan film ham „The Wizard of Oz“ deb nomlanadi.

Ilk roman hamda 1902-yilgi Broadway myuzikli katta shuhrat qozonishi ortidan Baum qoʻshimcha 13 ta roman yozgan. Bu romanlar „The Wonderful Wizard of Oz“ romanining rasmiy davomi hisoblanadi. Chop etilganidan bir asr oʻtib, roman Amerika adabiyotining eng taniqli asarlaridan biri boʻlib qolmoqda. Kongress kutubxonasi romanni „Amerikaning eng buyuk va eng sevimli mahalliy ertagi“ deya tasvirlagan.

Manbalar Snoskalar

Adabiyotlar

Turkum:AQSh romanlari