Qutbiddin Haydar – fors soʻfiy avliyosi sifatida tanilgan va asli turkiy boʻlish ehtimoli manbalarda keltirilgan. Malomatiy – Qalandariy shayxWoods, John E. and Ernest Tucker, History and historiography of post-Mongol Central Asia and the Middle East, (GmBh & Co., 2006), 31. boʻlib, Xurosonning Zava shahrida dafn etilgan. „Tarix-i guzida“ muallifi Qazviniyning taʼkidlashicha, Qutbiddin Haydar 1220-yilda moʻgʻullar Oʻrta Osiyoga bostirib kirganida tirik boʻlgan va milodiy 1221/ hijriy 618-yilda vafot etganWoods, 31.. U yashagan davr islom jamiyatida nasha isteʼmoli boshlangan vaqtga toʻgʻri keladiFranz Rosenthal The Herb Hashish Versus Medieval Muslim Society (1970).
Haydar bir vaqtlar zohidona hayot tarziga rioya qilgan. Ammo u bir kuni oʻsib turgan nasha oʻtini yeydi. Shundan soʻng uni doimiy ravishda isteʼmol qila boshlaydi. Bu holat ruhiy hayot bilan mos keladi, hattoki ijobiy yordamchi sifatida baholanadi.
Nashadan foydalanish Iroq, Suriya va Misrda keng tarqaladi, u yerda u „Haydarning xotini“ yoki „Haydar sharobi“ deb tanilganJonathan Green Cannabis p.56 (2002).
Haydar – ismining forscha shakli Heydar–turmush qurmaslik va tanani temir halqalar bilan teshib, azoblash orqali nafsoniy istaklardan voz kechish sifatida tanilgan edi. Uning izdoshlari ham kigiz kiyib, yalangoyoq yurishganWoods, 31.. Al-Javbariyning „Kashf al-asror“ „Sirlarni ochish“ kitobida yozilishicha, „Haydariyya darvesh tariqatining aʼzolari oʻzlariga jarohat yetkazish spektakllarini sahnalashtirishdan avval, dardni bostirish uchun Hashishni olib ketishgan“Robert Irwin The Arabian Nights A Companion p.56 (1994, 2004). Al-Javbariyning "Kashf al-asror" asari XIII asrda Iroqda yozilgan. Muallif unda hashishiyya atamasini qoʻllagan boʻlibRobert Irwin The Arabian Nights A Companion p.131, Darhaqiqat, hasishiyya atamasi „passiv hayot tarzi“ soʻzining sinonimi boʻlib, islom olamida asrlar davomida shunday qoʻllanilgan. Manbalar
Turkum:1221-yilda vafot etganlar Turkum:Nasha va islom Turkum:Eron sufiylari