Karen Margaryan (2001-yil 26-aprelda tugʻilgan) – armanistonlik ogʻir atletikachi. U 2018-yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi yozgi Yoshlar Olimpiadasida 77 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2019-yilda Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi Yevropa Yoshlar va U23 ogʻir atletika chempionatida yoshlar oʻrtasida 81 kg vazn toifasida dast koʻtarish yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻlgan.

2021-yilda Margaryan Oʻzbekistonning Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 81 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Finlandiyaning Rovaniemi shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Yevropa yoshlar va U23 ogʻir atletika chempionatida esa oltin medaliga loyiq koʻrilgan.

U 2022-yilda Albaniyaning Tirana shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yevropa Ogʻir atletika chempionatida ishtirok etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Armanistonlik ogʻir atletikachilar Turkum:21-asr Armaniston sportchilari