Malika Mariam Jambakur-Orbeliani (; 1852-1941) – gruziyalik zodagon ayol, xayriyachi, pedagog, jamoat arbobi va feminist boʻlganGruziya Qoʻlyozmalar Milliy Markazi, მარიამ ჯამბაკურ-ორბელიანი (1852-1941) .

Hayoti Malika Mariam Orbeliani gruziyalik shoir general shahzoda Vaxtang Orbeliani va Yekaterina Ilinskayaning qizi edi. Mariamning Nikolay Orbeliani ismli huquqshunos ukasi boʻlgan. 1870-yilda Mariam Tbilisi ayollar kurslarini tamomlab, zodagonlar maktabiga qarashli jamiyatga saylangan.

Ijtimoiy faoliyati 1879-yilda Orbeliani „Gruziyalilar orasida savodxonlikni targʻib qilish jamiyati“ning asoschilaridan biriga aylangan. 33 yil davomida u ayol oʻqituvchilar jamiyatiga rahbarlik qilgan, uning asosiy maqsadi ayol oʻqituvchilarning huquqlarini himoya qilish va taʼlim muassasalariga ayollarni jalb qilish edi. Bundan tashqari, Orbeliani mamlakatda birinchi gruziyalik ayollar maktabini ochish uchun mablagʻ yigʻib, Tbilisi bolalarni asrash jamiyatining faol aʼzosiga aylanganHeinrich Boell Jamgʻarmasi, Mariam Jambakur-Orbeliani, 4 fevral 2014.

1894-yilda Mariam Orbeliani toʻrt yil oldin vafot etgan otasining barcha sheʼrlarini toʻplab nashr ettirgan. Orbeliani 1918-yilda Tbilisi davlat universiteti (TDU) ni tashkil etish harakatining faol ishtirokchisi boʻlgan. Gruziya Qoʻlyozmalar milliy markazida Orbelianiga bagʻishlangan arxiv mavjud boʻlib, unda uning tarjimai holi, ijtimoiy faoliyati, ijodiy asarlari va yozishmalariga oid 1123 dona material saqlanadi.

Keyingi yillari 1921-yilda Qizil Armiyaning Gruziyaga bostirib kirishi va Gruziyaning Sovet Ittifoqiga majburan qoʻshilishidan soʻng, Mariam pedagogik va tarjimonlik ishlarini davom ettirgan, ammo ijtimoiy faoliyatdan asta-sekin chetlashtirilgan. U 1941-yilda 89 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Gruziya zodagonlari Turkum:1852-yilda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar Turkum:Gruziyalik feministlar