Al-Hasan ibn Sahl (; 850/51-yilda vafot etgan) Abbosiylar amaldori va Toʻrtinchi fitna davrida xalifa al-Maʼmunning () Iroqdagi noibi.

Hasanning otasi eroniy zardushtiy boʻlib, islom dinini qabul qilgan edi. Hasan akasi va boʻlajak vazir al-Fadl ibn Sahl bilan birga Horun ar-Rashid hukmronligi davrida () Barmakiy al-Fadl ibn Yahyo xizmatiga kirganSourdel (1971), pp. 243–244. Toʻrtinchi fitna davrida Maʼmunning oʻgay ukasi al-Aminga () qarshi kurashida Hasanga yer soligʻi (xiroj) idorasini nazorat qilish vazifasi topshirilgan.

Maʼmun qoʻshinlari xalifalik poytaxti Bagʻdodni qoʻlga kiritgach, Hasan Iroqni boshqarish uchun gʻarbga joʻnatildi. Maʼmun va Fadl esa Marvda qolishdi. 815-yil boshlarida Kufada Ibn Tabataba va Abulsaraya boshchiligida Zaydiy Aliylar qoʻzgʻoloni boshlanib, tez orada Iroqning janubiy hududlariga yoyildi. Hasan isyonchilarga qarshi kurashni tashkil qila olmadi. Oqibatda, isyonchilar Bagʻdodning oʻziga bevosita tahdid sola boshlashdi. Qobiliyatli sarkarda Harsama ibn A’yonning aralashuvi natijasida qoʻzgʻolon bostirildiKennedy (2004), p. 152. Biroq Fadl va uning atrofidagi xurosonliklarning xalifalikni boshqarishi eski arab zodagonlari orasida kuchli norozilik uygʻotdi. Ular al-Maʼmunga Fadlning oʻrniga arab amirini tayinlashni maslahat berishdi. Al-Hasan va arab zodagonlari oʻrtasidagi dushmanlik quyidagi shiorda aks etgan: „Biz zardushtiy, zardushtiyning oʻgʻli al-Hasan ibn Sahlni qabul qilmaymiz va uni Xurosonga qaytguncha haydab chiqaramiz“. Hasan ibn Sahl turli guruh rahbarlari oʻrtasida hokimiyat taqsimlangan shaharni tark etishga majbur boʻldi. Bir yildan soʻng, ehtimol, shu guruh tomonidan akasi al-Fadl oʻldirilgan boʻlishi mumkinAptin Khanbaghi. The Fire, the Star and the Cross: Minority Religions in Medieval and Early Modern Iran. I. B. Tauris; 22 February 2006. . p. 27.. 817-yil iyulida shaharga Maʼmun oʻz vorisi etib aliylardan biri – Ali ibn Muso ar-Rizoni tanlagani haqidagi xabar yetib kelgach, shahar aholisi al-Maʼmunning amakisi Ibrohim ibn al-Mahdiyni xalifa etib tayinlashga qaror qildiKennedy (2004), pp. 151–153.

818-yilda Fadlning oʻldirilishi va 819-yilda Maʼmunning Bagʻdodga qaytishidan soʻng, Hasan akasining oʻrniga xalifalik vaziri boʻlishi kutilgan edi. Biroq Fadlning oʻlimidan larzaga tushgan Hasan siyosatdan chetlashib, Vosit atrofidagi mulklariga chekinishni maʼqul koʻrdi. Hasan oʻsha yerda 850/851-yilgacha, yaʼni vafot etgunga qadar yashab qoldi. 825-yilda oʻz qizi Buranni (807—884) Maʼmunga nikohlab berdi va kelinning sepi uchun Bagʻdod shahrining janubida joylashgan Qasr al-Hasaniy saroyini inʼom etdi. Shundan soʻng, mazkur saroy xalifaning qarorgohlaridan biriga aylandi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:850-yillarda vafot etganlar Turkum:Iroqning Abbosiy noiblari Turkum:Toʻrtinchi fitna ishtirokchilari Turkum:9-asr eroniy kishilari Turkum:8-asr eroniy kishilari Turkum:Kufaliklar Turkum:Zardushtiylikdan islomga oʻtganlar Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari