Salama kolleji – Avstraliyaning Yangiy Janubiy Wales shtati, Sidney chekkasidagi Chester Hill shaharchasida joylashgan mustaqil, aralash taʼlim turidagi islomiy kunduzgi maktab (boshlangʻich va oʻrta taʼlim). Maktab shiori: Taʼlim. Iymon. Intizom.
Salama kolleji 2012-yilda bogʻcha–8-sinf darajasida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik kengaytirilgan holda bogʻcha–12-sinfgacha taʼlim beriladigan boʻldi. Kampusda futbol maydoni, suzish havzasi, tennis kortlari va masjid mavjud. Maktabda 700 dan ortiq oʻquvchi tahsil oladi va 100 dan ziyod xodim ishlaydi. Maktab Darulfatva – Avstraliya Islom oliy kengashi va 2MFM radiostansiyasi bilan bir joyda joylashgan.
2016-yil iyun oyida maktabda oʻquvchilar soni besh baravar koʻpayishi va yangi sinf xonalari, bolalar bogʻchasi va sport majmuasi qurilishi uchun 27 million dollar ajratilgani xabar qilingan edi.
Salama kolleji Islomiy xayriya loyihalari assotsiatsiyasi (ICPA) tomonidan amalga oshirilgan loyihadir. ICPA Bankstown va Liverpul shaharlarida Al-Amana kollejini ham tashkil etgan.
Yana qarang
2MFM Al-Amana kolleji Avstraliyada islom Avstraliyadagi islomiy tashkilotlar Islomiy maktablar va mazhablar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Sidneydagi xususiy boshlangʻich maktablar Turkum:2012-yilda asos solingan taʼlim muassasalari Turkum:Sidneydagi xususiy oʻrta maktablar Turkum:Sidneydagi islomiy maktablar