Hannah Alper (tugʻilgan sanasi: ) — kanadalik faol, bloger va jurnalist, oʻsmirligida bu sohalarda faol boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Yahudiy-kanadalik boʻlgan Hannah Alper -yilda Candace va Eric Alper oilasida tugʻilgan. 2013-yilda uning onasi „ijtimoiy dasturlar, yozgi lagerlar va musiqa terapiyasi orqali mahalladagi bolalarga yordam berish“ bilan shugʻullangan, otasi esa eOne Music Canadada ishlagan va ehtiyojmand bolalarga eshitish apparati sotib olish uchun xayriya tashkilotiga asos solgan. 2020-yilda oila Toronto chekkasidagi Richmond Hillda yashagan.
Faolligi 2012-yil iyulida Alper oʻzining blogi — „Call Me Hannah“ni ishga tushirdi, u yerda oʻzi uchun muhim boʻlgan masalalar: hayvonlarni himoya qilish, yashash muhitining buzish va tabiiy muhit haqida postlar qoʻygan. Bir yil ichida uning blogi 100,000 martadan koʻproq koʻrilgan. 2020-yilga kelib u oʻz eʼtiborini zoʻravonlikka qarshi kurash va „kindraising“ (mehr orqali jamiyat va dunyoni oʻzgartirish) ga qaratgan. Shu bilan birga, uning blogi „katta obunachilar“ jamoasiga ega boʻlib, 40000 Twitter va 13000 Instagram obunachilarini toʻplagan va bu unga George Stroumboulopoulos bilan intervyu olish imkonini bergan.
2013-yilda Alper faolligi uchun "The Grid" gazetasining „3-Yillik Menschies“ida etirofga sazovor boʻldi. U ME to WE uchun motivatsion nutq soʻzladi, Free the Children elchisi boʻlib ishladi, Butunjahon tabiat fondining Toronto shahridagi Earth Hour tadbirida nutq soʻzladi va Free the Children uchun maktab oʻquvchilaridan CA$975 yigʻib oldi. Uning 2014-yildagi TEDx nutqi — „How to find your spark“ bir haftadan kamroq vaqt ichida 2400 martadan koʻproq koʻrilgan. 2017-yilda Lilly Singh tomonidan nomzod qilib koʻrsatilgan Alper, Bloomberg Businessweek jurnalining „2018-yilda kuzatilishi kerak boʻlgan 19 kishi“ roʻyxatidagi yagona oʻsmir edi. 2020-yil oʻrtalariga kelib, u „400 dan ortiq nutq“ soʻzlagan va B’nai B’rith Youth Organizationning Lake Ontario mintaqaviy boʻlimi hamraisi etib saylangan.
Jurnalistika Oʻsmir jurnalist sifatida The Huffington Post uchun yozgan va Malala Yusufzay, Craig Kielburger, Spencer West, Jian Ghomeshi va Severn Cullis-Suzuki bilan intervyu olgan. 2013-yilda Hannah Alper Juno mukofotlarining rasmiy blogeri boʻlgan. 2017-yil 1-noyabrda chiqqan Alperning birinchi kitobi — „Momentus: Small Acts, Big Change“ — uning 19 ta mashxur insonlar (jumladan, Singh, Yusufzay va Lily Collins) bilan suhbatlari toʻplamidir, unda yoshlarni harakatga chaqirish va dunyoda oʻzlari istagan oʻzgarishlarini amalga oshirishga undash maqsad qilingan. 2020-yilda Hannah Alper „CitizenKids: Earth Comes First“ teleserialining pilot epizodida ishtirok etgan, u Kids Can Pressning „CitizenKid“ kitoblari seriyasiga asoslangan teleserial.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
turkum:2000-yillarda tugʻilganlar turkum:Toronto faollari turkum:Kanadalik blogerlar turkum:Kanadalik bolalar faollari turkum:Kanadalik iqlim faollari turkum:Kanadalik ayollar faoli turkum:Kanadalik ayol blogerlar turkum:Bolalar jurnalistlari turkum:Atrof-muhit blogerlari turkum:Atrof-muhit jurnalistlari turkum:Yahudiy-kanadalik faollar turkum:Yahudiy-kanadalik jurnalistlar turkum:Torontolik jurnalistlar turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Torontolik yozuvchilari