Dastagird (shuningdek, Dastgerd, Dastigird va Daskara deb ham yoziladi) – hozirgi Iroq hududida joylashgan qadimiy Sosoniy shahri boʻlib, poytaxt Ktesifonga yaqin edi.
Dastlab Artemita nomi bilan mashhur boʻlgan shahar, shoh Hormizd I (hukmronligi 270-271) tomonidan qayta qurilib, nomi oʻzgartirilgan. Shoh Xusrav I (hukmronligi 531-579) davrida shahar kengayib, oʻzining sud maydoni, saroyi va qal’asiga ega boʻlgan. Bu davrda shahar Xusrav-shod-Kavod ikkinchi nomini ham olgan. Xusrav I ning nabirasi Xusrav II (hukmronligi 590-628) davrida Dastagird Sosoniylarning qirollik qarorgohiga aylangan. 628-yilda shahar Vizantiya imperatori Irakliy tomonidan talon-toroj qilingan. Shundan soʻng, shahar manbalarda butunlay yoʻq boʻlib ketgan.
Adabiyotlar
Turkum:Sosoniy shaharlari Turkum:Iroqdagi sobiq aholi punktlari Turkum:Xusrav II