Javaher al-axbar () – bu Safaviylar davlati amaldori va tarixchisi Budaq Munshiy Qazviniy tomonidan 1577-yilda fors tilida yozilgan tarixiy asardir. Asarda asosan fors madaniyati dunyosining muhim qismi yoritilgan. Hozirgacha faqat Safaviylar davriga oid qismi nashr etilgan boʻlib, u muallifning Tahmosb I () huzurida kotib sifatidagi faoliyat yuritgani haqida batafsil maʼlumot bergani sababli, oʻsha davr amaldarlarining hayoti haqida qimmatli manba hisoblanadi.

Asarning yagona qoʻlyozmasi Rossiya Fanlar Akademiyasi kutubxonasida saqlanadi. Ushbu qoʻlyozmaning nusxalari Eron Milliy kutubxonasi va arxivi hamda Tehron universiteti kutubxonasida mavjud.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Safaviylar adabiyoti Turkum:Fors tilidagi umumjahon tarixi yilnomalari