Yusuf al-Barm – 770-yillarda Xurosonda Abbosiylar xalifaligiga qarshi isyonchilar yetakchisi.

Yusuf al-Barmning kelib chiqishi haqida maʼlumotlar juda oz. Otasining ismi Ibrohim boʻlgan. Tarixchi Yaʼqubiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Buxoroda yashovchi Banu Saqif qabilasi mavlosi boʻlgan. Yusufning qaysi dinga eʼtiqod qilgani haqida hech narsa aytilmagan, shuningdek, uning „al-Barm“ taxallusining maʼnosi ham nomaʼlum.

Yusuf al-Barm tomonidan koʻtarilgan qoʻzgʻolon ilk Abbosiylar davrida Xurosonda sodir boʻlgan qator isyonlardan biri edi. Bu isyon taxminan shu davrda sodir boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloniga oʻxshash edi. Qoʻzgʻolonning aynan nima maqsadda sodir etilgani aniq emas. Baʼzi manbalarda Yusuf Xorijiylar vakili sifatida koʻrsatilgan boʻlsa, yana boshqa manbalar uni kofir deb oʻtgan. C. E. Bosworthning taʼkidlashicha, „qoʻzgʻolon aslida siyosiy xarakterga ega boʻlib, xalifa va uning noiblari tomonidan amalga oshirilgan zoʻravonliklarga qarshi qaratilgan edi“. Qoʻzgʻolon aynan qachon boshlanganligi nomaʼlum, biroq Humayd ibn Qahtaba Xuroson hokimi boʻlgan davrda, yaʼni 768-yilda boshlangan. Ushbu qoʻzgʻolon Xurosonning janubiy hududlariga, ya'ni hozirgi shimoliy Afgʻoniston hududlari boʻlgan Badgʻis, Marvirud, Joʻzjon va Taliqon viloyatlariga tarqalgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:777-yilda vafot etganlar