Yuxarı Əskipara — Ozarbayjon Respublikasi Qazax tumanidagi qishloq. Bu Ozarbayjonning Armaniston tarkibidagi to'rtta eksklavidan biridir.

Tarixi

Qishloq 1992-yil 8-iyundan beri Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan va Armaniston nazorati ostida qolmoqda. Qishloqda koʻplab tarixiy obidalar mavjud bo'lib, bularning qatoriga Şəkər qal'asi, Qatır ko'prigi Kazım ko'prigi va boshqalar kiradi.

Geografiyasi va iqlimi Qishloq to‘rt tomondan tog‘lar va o‘rmonlar bilan qoplangan, hududda mineral buloqlar ko‘p. Qishloq Armaniston hududida eksklav holida joylashgan. Qishloq hududi Arman Eskipara (yoki Sarxon) orqali Quyi Əskiparadan ajratilgan.

Nomlanishi Yuxarı Əskipara oykonimi Qazax tumanidagi Əskipara maʼmuriy birligining togʻ etaklarida joylashgan. Qishloq dastavval Əskipara holida nomlangan. Ammo keyinchalik yon hududda tashkil topgan yangi aholi punkti Aşağı Əskipara deb nomlangani sababli, eski qishloq Yuxari Əskipara deb atala boshlandi. Əskipara ozarbayjoncha eski (eski, qadimiy) va para (qism, joy, qishloq) soʻzlarining birikmasidan boʻlib, “eski, qadimiy qishloq” maʼnosini bildiradiAzərbaycan Toponimlərinin Ensiklopedik Lüğəti..

Aholisi 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 637 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholisi 321 erkak va 316 ayoldan iboratAzərbaycan Respublikası Əhalisinin Siyahıyaalınması.

Din Diniy jihatdan Yuxarı Əskipara aholisining bir qismi shia, bir qismi esa sunniylardan iborat. Sunniylarning asosiy qismini Salahli qishlog‘idan kelganlar tashkil etadiS. M. Ağamalıeva, A. A. İzmailov.

Taniqli odamlar

Davud bəy Şərifov (1885—1952) — Ozarbayjonning birinchi professional arxeologi, birinchi muzeyshunosi, etnografi va geografi. Vaqif Şərifov (1943–2021) — Ozarbayjon teatr rejissyori, kino aktyori, Ozarbayjon xalq artisti. Şaiq Vəli (1950–2013) — taniqli shoir, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Manbalar

Turkum:Qishloqlar