Holly Gillibrand (2005-yilda tugʻilgan) – shotlandiyalik ekologik faol va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi.
Faoliyati Gillibrand Fridays for Future Scotland harakatining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. U Heal Rewilding xayriya tashkilotida yosh maslahatchi, Scotland: The Big Picture elchisi va OneKind hayvonlar huquqlari tashkiloti faoli sifatida ishlaydi. Lochaber Times gazetasida maqolalar yozgan.
2019-yilda Gillibrand Glasgow Times tomonidan „Yilning eng yosh shotlandiyalik ayoli“ deb topilgan. 2020-yilda esa BBC Radio 4 tomonidan „Womanʼs Hour Power List 2020“ roʻyxatiga 30 ta ayoldan biri sifatida kiritilgan.
Hayoti Gillibrand 2005-yilda Shotlandiyaning Fort William shahrida tugʻilgan.
13 yoshida, 2018-yilda u global ekologik inqiroz haqida xabardor boʻlib, maktab norozilik haraklarida iqlim oʻzgarishlariga qarshilish qilish uchun qatnasha boshladi va tez orada ommaviy axborot vositalarida koʻrinish berganThe Herald. 2019-yilda BBC uni global yosh iqlim faollari roʻyxatiga kiritdiBBC vebsayti.
2020-yil avgust oyida Gillibrand Chris Packham bilan birgalikda yovvoyi tabiat jinoyatlariga qarshi milliy kampaniyada ishtirok etdi. Noyabr oyida esa boshqa yosh faollar bilan birga Alok Sharma bilan suhbat oʻtkazdi.
2022-yilda Gillibrand BBC Scotlandning „The Oil Machine“ hujjatli filmida ishtirok etdi, film Buyuk Britaniyaning Shimoliy dengiz neftiga qaramligini haqida edi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Britaniyalik iqlim faollari Turkum:Glasgow aholisi Turkum:Shotlandiyalik ekologlar Turkum:Yosh iqlim faollari Turkum:2005-yilda tugʻilganlar