Nina Marković-Khaze (1983-yil 20-iyulda tugʻilgan) – avstraliyalik siyosatshunos va jurnalistAbout Nina Marković-Khaze, Lowy Institute. Retrieved November 26, 2023.„Srbija i mlada srpska dijaspora u Australiji: međusobna očekivanja“, Radio Television of Serbia, June 1, 2018. Retrieved November 26.„Nina Marković i Adam Kaze: Ujedinjeni u Australiji“, Radio Television of Serbia, November 14, 2023. Retrieved November 26, 2023..

Taʼlimi va faoliyati Nina Marković Khaze 1983-yil 20-iyulda Serbiyaning Belgrad shahrida tugʻilgan va oʻsha yerda voyaga yetgan. Tugʻilib-oʻsgan shahrida boshlangʻich taʼlimini olgan. 1999-yildan beri Avstraliyada istiqomat qiladi. Khaze Gʻarbiy Avstraliya universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan. Soʻngra Diplomatik tadqiqotlar va italyan tili boʻyicha magistratura bosqichini Avstraliya Milliy universitetida oʻqigan. Serbiya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning tarixiy tahliliga bagʻishlangan dissertatsiyani himoya qilib, siyosatshunoslik boʻyicha fan doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan„Nina Marković i Adam Kaze: Ujedinjeni u Australiji“, Radio Television of Serbia, November 14, 2023. Retrieved November 26, 2023..

Marković Khaze Avstraliya parlamentida Yevropa va Yaqin Sharq boʻyicha katta ilmiy xodim, Tinch okeani davlatlari boʻyicha parlament vakili va Avstraliya hamda Yangi Zelandiyadagi Yevropa tadqiqotlari assotsiatsiyasi prezidenti boʻlgan„Srpkinja najmlađi član australijskog parlamenta“ Večernje novosti, June 26, 2012. Retrieved November 26, 2023.. U, shuningdek, Sidneydagi Makkuori universitetining Xavfsizlik tadqiqotlari va kriminologiya boʻlimida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritadi„PICX110 – Introduction to Security Studies“, Macquarie University, 2018. Retrieved November 26, 2023.. Bundan tashqari, SBS radiosining serb tilidagi dasturi uchun jurnalistlik qiladi„Nina Marković: Osvrt na sedmicu“, SBS Radio, September 12, 2023. Retrieved November 26, 2023..

Khaze Avstraliyadagi serblar siyosiy uyushmasi Avstraliya Serb Kengashi (SCOFA)ning asoschilaridan biri va uning boshqaruv kengashi aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, Avstralaziya Kommunistik va Postkommunistik Tadqiqotlar Assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi hamda AusBiotech biotexnologiya assotsiatsiyasi aʼzosi hamdir„Nina Marković i Adam Kaze: Ujedinjeni u Australiji“, Radio Television of Serbia, November 14, 2023. Retrieved November 26, 2023.About Nina Marković-Khaze, Lowy Institute. Retrieved November 26, 2023..

Bundan tashqari, Khazr Immunity Group Australia kompaniyasiga asos solgan va amerikalik allergolog-immunolog Douglas Jones bilan hamkorlikda nashr etilgan „Allergies, Immunity & Microbiome News“ jurnalining bosh muharriri hisoblanadiAllergies, Immunity & Microbiome News, No. 1 , eDijaspora, July 2023. Retrieved November 26, 2023..

Kitoblari

The Immune Fitness Project – Food Allergy Resilience (Immunity Group Australia, 2023) – Douglas Jones bilan hamkorlikda yozilgan kitob boʻlib, oziq-ovqat allergiyalariga qarshi immunitetni mustahkamlashga bagʻishlangan. Complex Migration: Australian Files (Impressions Publishing, 2024) – Adam Khaze bilan hammualliflikda yozilgan kitob boʻlib, bu asarda Avstraliyadagi murakkab migratsiya jarayonlari tahlil qilingan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:20-iyulda tugʻilganlar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:belgradda tugʻilganlar