Afag Sultanova (1987-yil 20-fevralda tugʻilgan) – koʻzi ojiz dzyudochi. Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Sport faoliyatini karateda boshlagan, ammo 13 yoshida dzyudo bilan shugʻullanishni boshlagan. Dastlab sogʻlom sportchi sifatida musobaqalarda ishtirok etgan va bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan. 2008-yilda yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni va Jahon chempioni boʻlgan. Keyinchalik olgan jarohati tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqotganidan va shu sababl dzyudoni tark etmoqchi boʻlgan, biroq Ilhom Zakiyevning hayotiy hikoyasidan ilhomlanib, paralimpiyachi sifatida faoliyatini davom ettirganIPC bio . 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Dzyudochilar