Jaʼfar ibn Yahyo Barmakiy yoki Jaʼfar al-Barmakiy (; ) (767–803), shuningdek, Abu Fazl deb ham atalgan, Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashidga xizmat qilgan fors millatga mansub vazir boʻlib, bu lavozimni otasi Yahyo ibn Xoliddan keyin egallagan. Nufuzli Barmakiylar oilasi aʼzosi, ular ilgari Navbahor monastirining buddist rahbarlari boʻlishgan. Jaʼfar 803-yilda Horun ar-Rashidning buyrugʻi bilan qatl etilgan.
Jaʼfar ilm-fan homiysi sifatida yuksak obroʻga ega shaxs boʻlgan. U xalifani Bagʻdodda qogʻoz fabrikasi ochishga koʻndirgan va qogʻoz ishlab chiqarish sirini 751-yilda hozirgi Qirg‘iziston hududida boʻlib oʻtgan Talas jangidan keyin Tan sulolasi asirlaridan oʻrgangan.
Badiiy adabiyotda Jaʼfarning nomi xalifa Horun ar-Rashid bilan bir qatorda „Ming bir kecha“ ertaklarida tilga olingan.
Yana qarang Arib al-Maʼmuniya
Manbalar
Havolalar
Qanday qilib yunon ilmi arablarga oʻtdi
Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:803-yilda vafot etganlar Turkum:767-yilda tugʻilganlar