Abu al-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulkarim Qassob Amoliy (), shuningdek, Abu al-Abbos Qassob Amoliy nomi bilan ham tanilgan – 11-asrda yashagan eronlik soʻfiy avliyosi. Tabaristondan boʻlgan, Javon qabilasiga mansub boʻlib, otasi qassob boʻlgan. Qassob Amoliy Amolda xonaqoh va maktabga ega edi. U Abu al-Hasan Xaroqoniy va Abu Said Abulxayr kabi taniqli soʻfiylarning ustozi boʻlgan. Shihobiddin Yahyo Suhravardiy uni tarixdagi eng muhim olimlardan biri deb hisoblaganAbul Abbos Qassob Amuliy / Britaniya kutubxonasi. Attor Nishopuriy oʻzining „Tazkirat ul-avliyo“ asarida Qassob Amoliy haqida gapirib, u nafsning nuqsonlarini koʻrishda moʻjiza koʻrsatgan, shuningdek, intizom, vazminlik va ixlos timsoli boʻlganini taʼkidlagan. „Nafahot ul-uns“da qayd etilishicha, u avval Bagʻdodga borib Abu Bakr Shibliy bilan uchrashgan, keyin Makka, Madina va Baytul-Maqdisga safar qilgan.

Manbalar

Havolalar Tarjimai holi (kitob) „Mirsod ul-ibod“ asarida Xusravoniy hikmat Abu al Abbos Qassob Amoliyning maqomi

Turkum:Soʻfiy avliyolari Turkum:Eron soʻfiylari