Olim ( — bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Davlat va jamoat arboblari
Olimxon — Qoʻqon xoni (1801–1810); Olimbek dodxoh — XIX asr qoʻqonlik yirik siyosatchi. Bir qancha vaqt xonlikning siyosiy faollaridan boʻlgan; Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev — Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi; Olimjon Qodiriy — jadid; Olim Alixonov — Sovet ittifoqning siyosat, iqtisod va davlat arbobi; Olim Hakimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor; Olim Orazbakov — siyosatchi, diplomat, jamoat arbobi; Olim Qurbonov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Olimboy Qoʻchqorov — oʻzbek sovet davlat va partiya arbobi; Olimjon O‘sarov — jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 3-toifali adliya maslahatchisi. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati; Olimjon Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.
Ilm-fan va sanʼat arboblari
Olim Aminov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964); Olim Davlatov — adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos; Olim Odilov — oʻzbek musavviri; Olim Pardayev — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olim Sharafiddinov — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi; Olim Toʻraqulov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali direktori; Olim Usmon — tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973); Olimjon Karimov — texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri; Olimjon Sarimsoqov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor; Olimjon Xoldorov — shoir va yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), professor (2002).
Sanʼatkorlar
Olimjon Halimov — kompozitor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekiston (1957) va Qoraqalpogʻiston (1982) xalq artisti, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949); Olimjon Qosimjonov — naqqosh usta, Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Olimjon Salimov — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Sportchilar
Olim Ashirov — sovet va oʻzbek futbolchisi; Olim Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi; Olim Navkarov — oʻzbekistonlik futbolchi; Olim Qurbonov (sportchi) — tojikistonlik suzuvchi; Olim Shokirov (futbolchi) — oʻzbekistonlik futbolchi; Olim Tillayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Olim Xudoyqulov — oʻzbek sambochisi va dzyudochisi.
Boshqalar
Olimjon Toʻxtaoxunov — jinoyatchi.
Familiyalar Olimov Olimova
Yana qarang Olima
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari